tengligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, auditor ish haqi hisoblashning to’g’riligini tekshirishni boshlaydi. Nomuvofiqliklar topilganda farq summalari va ularning vujudga kelish sabablarini ishchi hujjatlarda ko’rsatish zarur. Shundan so’ng dastlabki hujjatlarning mavjudliligi va ishonchliligi, to’g’ri to’lg’azilganligi, me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi o’rganiladi. Ish vaqtini hisobga olish tabeli, buyruqlar, ishbay ishlar uchun naryadlar, bajarilgan ishlarni hisobga olish varaqalari, yo’l varaqalari, hisob-kitob va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, ta’til uchun haq va qo’shimcha haqlarning boshqa turlari va boshqalar tekshiriladi. Tekshiruv chog’ida quyidagilarga e’tibor berish zarur: -barcha majburiy rekvizitlarning to’liqligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi; -bajarilgan ishlar va ish vaqtini hisobga olish uchun mas’ul shaxslar imzolarining mavjudligi; -tushuntirish berilmagan tuzatishlar va to’g’rilashlar; -ish vaqtini hisobga olish tabeliga «o’lik jonlar»ni qo’shish va bajarilmagan ishlarni qo’shib yozish holatlarini aniqlash zarur. Hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlaridagi summalarning jamlanishini arifmetik tekshirish maqsadga muvofiq. Bu vedomostlarda har bir alohida olingan xodim bo’yicha summalar to’g’ri jamlanganida, jami summani ataylab oshirib yozish hollarini aniqlashga
imkon beradi. Bunday xatolar nafaqat mehnat haqi xarajatlarining oshib ketishiga, balki pul mablag’larining o’zlashtirilishiga ham olib keladi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarni mohiyatan tekshirish, yoppasiga (xodimlar soni unchalik ko’p bo’lmaganida) yoki tanlab amalga oshirilishi mumkin, auditor tanlov ko’lamini tekshiruv dasturi va muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Lekin