Auditor ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq. Ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmalar sarflangan ish haqi fondiga nisbatan foiz hisobida ajratilib 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotining krediti va xarajat schyotlari (2010, 2310, 2510 va boshqalar) ning debetiga, ya’ni xo’jalik bo’linmalari (oila (jamoa) pudratlari va boshqalar)ning shaxsiy hisob varaqalariga yozib qo’yiladi. Xodimlarning ishlash va dam olish tartibi, ularni ijtimoiy sug’urta qilish respublika qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. Bu me’yorlar, agar xalqaro va davlatlararo shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, qo’shma korxonalarda, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarda ishlaydigan xorijlik fuqarolarga ham qo’llaniladi. Xorijlik fuqarolar mehnatiga haq to’lash tartibi har bir xorijlik fuqaro bilan tuzilgan shartnomada belgilanishi ta’sis hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Mehnatga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish shakllari va miqdorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan fuqarolar huquqlariga rioya qilingan boshqa mehnat sharoitlari kabi masalalar qo’shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan mustaqil hal etiladi. Qo’shma korxonalarda ishlovchi xorijlik ishchilar oladigan ish haqlari ham O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartib va miqdorda soliqqa tortiladi. Xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar ishonchliligini tekshirish hisob va hisobot ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi. Nomuvofiqlar topilganida ularning sabablarini aniqlash zarur. Solishtirish amallarini ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirib, hisobot, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining