va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar. Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar) ni aniqlash zarur. Dastlabki hujjatlar puxta tekshiriladi: hisoblashuv-to’lov vedomostlari, berilmagan ish haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib yozilgan va dog’ tushirilgan dastlabki hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar bilan pul mablag’larini o’g’irlash va suyiste’mol qilishlar yashirilishi mumkin.
Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda korxonada ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish haqi tegishli dastlabki hujjatlarga mosligi tekshiriladi. Ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha muomalalarni nazorat qilish xodimlarga ish haqi va boshqa to’lovlarni hisob-kitob qilishga doir buxgalteriya hujjatlarini tekshirish; ijtimoiy sug’urta to’lovlarini ijtimoiy sug’urta fondining joriy schyotiga o’tkazish haqidagi to’lov topshiriqlarini tekshirish; sanatoriyalar va dam olish uylari yo’llanmalari uchun xodimlardan naqd pullarni qabul qilish bo’yicha kassa hujjatlari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan qilingan sarflarga doir hujjatlar; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to’g’risidagi dalolatnomalar, kasallik varaqalari, hisob-kitob vedomostlari (44-shakl), hisob-kitoblar bajariladigan «Xodimlar bilan hisob-kitoblarga doir ma’lumotlar jamlamasi» (21-shakl) ma’lumotlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.