Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarning qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə489/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarning qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi 
qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210-schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha 
miqdordaligini aniqlash zarur. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda 
debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli 
nazorat o’rnatilmaganligidan dalolat beradi.
Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob–kitoblarni 
auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar», 4220-
«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan 
bo’naklar», 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720-
«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni koplash bo’yicha 
xodimlarning qarzlari», 4790-«Xodimlarning boshqa qarzlari», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha 
xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6970-«Hisobdor 
shaxslarga to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha yuritiladigan hisobning to’g’riligi va 
ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi.
Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl), oila (jamoa) 
pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob varaqalari, ish vaqtini 
hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha tekshiriladi.
Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba uyushmasiga 
a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq tekshiriladi. 
Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash man etiladi. Masalan, 
kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin