tekshirish chog’ida auditor, odatda, mehnat haqi hisoblash tekshirilgan shaxsiy hisob varaqalar bo’yicha, ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligini tanlab tekshiradi. Xodimlar ish haqidan ushlanadigan summalar hujjatlar bilan asoslanganligi, qonuniyligi va
ularning to’g’ri ijro qilinganligini aniqlash zarur. Ish haqidan ushlanmalar ijro varaqalari (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni qoplash) bo’yicha; kreditga sotib olingan tovarlar bo’yicha topshriq- majburiyatlar bo’yicha; xodimning arizasi bo’yicha (kvartira haqini o’tkazish, bolasining maktabgacha bolalar muassasasida tarbiyalangani uchun, o’qish uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik badali va sh. o’); to’lov vedomostlari bo’yicha berilgan bo’naklarni ushlab qolish. Ish haqidan daromad solig’i va Nafaqa fondiga to’lanadigan badallar ushlanishining to’g’riligini tekshirish maxsus e’tibor talab qiladi. Shuningdek barcha ushlanmalar summasi xodimning bir oylik maoshi 50 % i dan oshib ketmaganligini ham aniqlash zarur. Ish haqidan daromad solig’ining to’g’ri ushlanganligini tekshirishda Soliq Kodeksi 44- 64 moddalari va ular bo’yicha kiritilgan qo’shimcha hamda o’zgartishlardan foydalanish zarur. Daromad solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarning qonuniyligini aniqlash uchun imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilish kerak:
xodimning jami daromadidan chegiriladigan imtiyoz summalarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; Shundan so’ng jismoniy shaxslar jami daromadini aniqlash, asosiy xodimlar, o’rindoshlar, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida pul to’lanadigan shaxslar va boshqalar bo’yicha soliq imtiyozlari va daromad solig’i stavkalarini qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi.