tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ish me’yorlari pasaytirib qo’llanilganligi va boshqa shunga o’xshash murakkabliklar haqida shubha paydo bo’lganida auditor ekspert- mutaxassis xizmatidan foydalanishi mumkin. Bunda u (auditor) №16- «Ekspert ishidan foydalanish» nomli AFMS ga muvofiq ish yuritadi. Ta’til vaqti uchun haq to’lashni tekshirish chog’ida buyruq va tabel bo’yicha ta’til belgilangan sana, hisob-kitob davrini aniqlashning to’g’riligi va ta’til hisob-kitobi va shaxsiy hisobvaraqada hisob-kitob uchun olingan davrdagi oylar bo’yicha ish haqi summalarining mosligiga e’tibor beriladi. Ta’til uchun haq hisoblashning to’g’riligi haqida dalil-isbotlarga ega bo’lish uchun auditorlar bir qancha xodimlar bo’yicha muqobil ta’til hisob-kitobi tuzishi mumkin. Normal ish sharoitidan chetga chiqish bilan bog’liq qo’shimcha haq( tunda ishlaganligi uchun, ish vaqtidan tashqari ish uchun, bayram kunlari ishlaganlik uchun, og’ir va zararli sharoitda ishlaganlik uchun va h. k) hisoblashning to’g’riligi hisob-kitob ma’lumotlari va ish vaqtini hisobga olish tabeli hamda qonunchilikda belgilangan qo’shimcha haq miqdorining muvofiqligini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Vaqtinchalik ishga yaroqsizlik uchun nafaqa hisoblashni nazorat qilish amallari quyidagilarning to’g’riligini tekshirishni o’z ichiga oladi: -
bir kunlik o’rtachi ish haqi; -
nafaqa miqdorini (%) ish stajiga qarab tekshirish; -
nafaqaning eng katta miqdorini belgilash ; -
ishga yaroqsizlik kunlari; -
hisoblangan nafaqa summalari. Hisob-kitoblarni tekshirishda aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi hujjatlarida qayd qilib boriladi. Ish haqi hisoblashning to’g’riligi va asoslanganligini