Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə490/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar.
Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday holatlar 
bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni bankka o’z vaqtida 
taqdim qilmaslik va boshqalar) ni aniqlash zarur.
Dastlabki hujjatlar puxta tekshiriladi: hisoblashuv-to’lov vedomostlari, berilmagan ish 
haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. 
Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib yozilgan va dog’ tushirilgan dastlabki 
hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar bilan pul mablag’larini 
o’g’irlash va suyiste’mol qilishlar yashirilishi mumkin.


Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda korxonada 
ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish haqi tegishli dastlabki 
hujjatlarga mosligi tekshiriladi.
Ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha muomalalarni nazorat qilish xodimlarga ish haqi va 
boshqa to’lovlarni hisob-kitob qilishga doir buxgalteriya hujjatlarini tekshirish; ijtimoiy 
sug’urta to’lovlarini ijtimoiy sug’urta fondining joriy schyotiga o’tkazish haqidagi to’lov 
topshiriqlarini tekshirish; sanatoriyalar va dam olish uylari yo’llanmalari uchun xodimlardan 
naqd pullarni qabul qilish bo’yicha kassa hujjatlari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan 
qilingan sarflarga doir hujjatlar; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to’g’risidagi 
dalolatnomalar, kasallik varaqalari, hisob-kitob vedomostlari (44-shakl), hisob-kitoblar 
bajariladigan «Xodimlar bilan hisob-kitoblarga doir ma’lumotlar jamlamasi» (21-shakl) 
ma’lumotlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin