qilinadigan malumotlar to’g’riligi va olingan pul mablag’lari-ning belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi mablag’larining oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari yani butunlay noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan hisobot malumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida haqiqatda bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar, yoqilg’ilar va boshqa resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-taroj qilish hollari ko’p uchraydi. Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Tekshiruv boshlanishidan oldin auditor xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri kelishini aniqlashi zarur. Ish haqi fondining haqiqiy sarfi «Xodimlarning toifalari va hisoblangan ish haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot» (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar bajariladigan jadval), «Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish haqi fondini hisobga olish vedomosti» (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun belgilangan ish haqi fondini haqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan taqqoslash zarur. Buning natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki oshiqcha sarflangani aniqlanadi. Agar yil davomida ishlab chiqarish hajmining o’zgarganligi sababli dastlabki ish haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u holda ular umumiy tejash yoki