uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshiradi. Xususan: 1. Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq to’lashning asosliligi. 2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi. 3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi. Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali va belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi. Shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi hisob-kitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi 4210 «Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar» 6710- «Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar» va