6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarning qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210-schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha miqdordaligini aniqlash zarur. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli nazorat o’rnatilmaganligidan dalolat beradi. Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob–kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar», 4220- «Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar», 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720- «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni koplash bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4790-«Xodimlarning boshqa qarzlari», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6970-«Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha yuritiladigan hisobning to’g’riligi va ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi. Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl), oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob varaqalari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha tekshiriladi. Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda