Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


tomondan kafolatlangan bo’lsa, kafolat xati haqiqiy ekanligini kafolatchidan tasdiqlatib olish



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə485/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

tomondan kafolatlangan bo’lsa, kafolat xati haqiqiy ekanligini kafolatchidan tasdiqlatib olish 
maqsadga muvofiq.
Shuningdek, auditor qarzmajburiyatlarining to’lanish sanasini ham o’rganib chiqishi 
kerakki, ushbu sanalar uzoq muddatli majburiyat bilan qisqa muddatli majburiyatlarning 
to’g’ri tasniflanishini belgilaydi. Nihoyat, auditor har qanday qo’shimcha iqtiboslar
tushuntirishlar, ochib berishlar ilova qilinishi talab etiladigan qarz kelishuvlarini talab 
darajasida rasmiyoashtirilganligiga alohida e’tibor qaratishi kerak. Bunday qarz 
kelishuvlariga dividend to’lashda cheklovlar, qo’shimcha majburiyatlar chiqishi, ma’lum bir 
moliyaviy koeffitsientlar bilan ishlash misol bo’lishi mumkin.
 
13.4.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi 
 
Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi kamchiliklar ko’proq 


uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat jadvali va lavozim maoshlari sxemasida 
belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga har xil qo’shimcha va ustamalarning noqonuniy 
tayinlanishi; qo’shib yozishlar; ishbay rastsenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va 
muhandis—texnik xodimlar mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan 
kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati xodimlariga haq to’lash kabilar.
Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat haqini 
o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish yoki smetada ko’zda 
tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga qabul qilish hollari ham 
uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish 
yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi: ish haqi to’lash uchun pul olishda bankka taqdim 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin