oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi. Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi ham aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi shu oydagi 21-shakl «Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot» ning summasiga mos kelishi kerak. Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-«Hisob-kitob schyoti»dan olingan summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi hisob-kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi kerak. Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi; lavozim maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi. Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatga jalb qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak. Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini ulchash hamda baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab nozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari va ishbay ishlar