yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro’yxatiga kiritilmaydi, alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro’yxatlarda qayd qilinadi. To’liq yaroqsiz deb topilgan detallar ham tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi. Bir xil bo’lmagan massa yoki qorishmadan iborat bo’lgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar bo’yicha (sanoatning tegishli tarmoqlarida) inventarizatsiya ro’yxatlarida, shuningdek, solishtirish vedomostlarida ikkita miqdoriy ko’rsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki qorishma miqdori va uning tarkibiga kiruvchi xom ashyo miqdori yoki materiallar (alohida nomlari bo’yicha). Xom ashyo va materiallarning miqdori tarmoq yo’riqnomalari bilan belgilangan tartibda texnik hisob-kitob bo’yicha aniqlanadi. Tugallanmagan kapital qurilish soni va hajmi inventarizatsiya paytida uning haq to’langan qismini hamda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida ob’ektning nomi va ushbu ob’ekt bo’yicha bajarilgan ishlarning, konstruktiv elementlarning, jihozlarning va h. k. har bir alohida turi bo’yicha ko’rsatiladi. Xususan, inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshiradi. -
tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskunani hisobda turganligi yoki yo’qligi; -
qurilishi butkul to’xtatilgan yoki vaqtincha to’xtatilgan qurilish ob’ektlarining ahvoli. Mazkur ob’ektlar bo’yicha, qisman, ularni butkul to’xtatilish sabablari va asoslarini aniqlash kerak. Haqiqatda foydalanishga to’liq yoki qisman topshirilgan, qabul qilinishi va ishga tushirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Alohida dalolatnomalar tugallangan, lekin nima uchundir