hisoblanganligini tekshiradi. Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari, amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor o’z ish hujjatlarida qayd etadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin: - mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha" yuritilishi; - sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi; -
hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilmasligi; -
mahsulot sotilishini hisobda aks etishda hisobvaraqlar noto’g’ri korrespondentlanishi. 15.8. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash. №21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida