- ulgurji narxlar qat’tiy hisob narxlari sifatida qabul qilingan sotishning ulgurji narxlari bo’yicha. Bunda farqlar alohida hisobvaravda hisobga olinadi; - rejali (me’yoriy) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha. Shuningdek, amaldagi ishlab chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi: \ -QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha; - erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha. Tayyor mahsulotni baholash bo’yicha tanlab olingan usul korxona hisob siyosatining elementi sifatida qayd etilishi, hisobvaraqlarning ishchi rejasida esa uning hisobga olish uchun tegishli hisobvaraqlar belgilanishi lozim. Tayyor mahsulotning to’liq kirim qilinganligi xom ashyo va materiallarning xarajati bo’yicha muqobil balans tuzish, tayyor mahsulotlarning chiqarilishini me’yoriy sarf- xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilash yo’llari bilan tekshirish mumkin. Ishlab chikarilgan mahsulot hajmlarini tekshirish uchun dastlabki hujjatlar va ishlab chiqarish hisobotlari, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha inventarlash dalolatnomalari, tahliliy va sintetik hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda "Ombordagi tayyor mahsulot" hisobvarag’ining debetida hisobga olingan tayyor mahsulotning xaqmqiy ishlab chiqarilishi va omborga topshirilishi (xaqiqiy tannarxi) bo’yicha ma’lumotlar "Asosiy ishlab chiqarish", "Yordamchi ishlab chiqarish" hisobvaraqlarining krediti bo’yicha aylanmalar bilan solishtiriladi. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi ushbu hieobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari "Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi