bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining debet aylanmalari bilan solishtirib tekshiriladi. Sotish tsiklini audit qilish vaqtida auditor mahsulotni sotishdan tushum to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinganligini tekshirishi lozim. Barcha korxonalar sotishdan tushum va hisobotni tayyorlash bo’yicha buxgalteriya hisobini faqat hisoblash usulida yoki "jo’natish bo’yicha" amalga oshirishlari kerak. Mahsulotni jo’natish (sotish) jarayoni "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Jo’tilgan, lekin hali ham xaridor tomonidan to’lanmagan mahsulot sotish narxlari bo’yicha "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Auditor tegishli hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlariga asosan qo’llanilayotgan hisobvaraqlar korrespon-dentlanishi to’g’riligi va mahsulotni sotishdan tushum "jo’natish bo’yicha", me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq hisobda to’g’ri aks etilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Mahsulotni (ish va xizmatlar)ni jo’natish va sotish bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun 1b-sonli ro’yxatnoma (jo’natish) va 11-sonli jurnal-order qo’llaniladi. 1b-sonli
ro’yxatnoma jo’tilgan mahsulot sotilishidan tushgan tushumni aniqlashda yuritiladi. 11-sonli jurnal-orderda oylik yakunlar va tegishli hisobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari aks etiladi. Mahsulotlarni sotish bo’yicha operatsiyalarni o’rganish jarayonida auditor mahsulot etkazib berish uchun shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi, yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar to’liq ro’yxatga olinganligi, etkazib berilgan mahsulot uchun xaridor