yo’qotishlar meteorologik, seysmik va boshqa tegishli xizmatlarning sodir bo’lgan tabiiy ofatlar to’g’risidagi ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi; korxona mulklari favqulodda hodisalardan sug’urta qilinganligi va boshqalar. Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim: byudjetga soliqlarning o’z vaqtida va to’liq to’lanishi; shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar yaratilishining to’g’riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o’rtasida o’z vaqtida va to’g’ri taqsimlanishi; aktsiyadorlarga dividendlar to’lashning to’g’riligi. Agar hisobot yilining oxiriga kelib debitor qarzlarning inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish natijasida shubhali debitor qarzlar aniqlansa, unda korxona shu miqdorda shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratishi mumkin. Bunda qarzdorning moliyaviy holati, to’lov kobiliyati va qarzni to’liq yoki qisman summada qoplay olish ehtimoliga qarab zahira hajmi har bir shubhali qarz bo’yicha alohida aniqlanadi. Yaratilayotgan zahiralar summasi 9430«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti(joriy yilning yakuniy hisob-kitobi bo’yicha) yoki 8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» schyoti (oldingi yildagi foyda hisobidan) debeti va 4910 «Shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar» schyoti kreditida aks ettiriladi. Ushbu masalani ko’rib chiqishda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratish uchun zarur hujjatlarning mavjudligi (korxona debitor qarzlarining inventarizatsiya ro’yxati, solishtirish dalolatnomalari, to’lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma va b); shubhali deb tan olingan qarzlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; ishlatilmagan shubhali qarzlar bo’yicha zahira summalarining tegishli yil foydasiga qo’shilishi. Ayrim tarmoqlarning korxonalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati