bo’yicha to’lov talabnomalarining o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to’lov muddati o’tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning kelib tushishi esa 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to’g’rilash, shuningdek qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. 15.9. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari
Qoidaga ko’ra, foyda (daromad) korxonalar tomonidan quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: foyda (daromad) solig’ini to’lash; boshqaruvning tegishli qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo’shiladigan, o’tgan yilgi foyda hisobidan ustav kapitalini ko’paytirish; dividendlar to’lash. Qo’shma korxonalar foydasiga keladigan bo’lsak, u byudjetga to’lanadigan summalar va zahiralar yaratish hamda ularni to’ldirishga yunaltirilgan summalar chegirib tashlanganidan so’ng, qo’shma korxona ishtirokchilari o’rtasida, ularning ustav kapitalidagi