O’tgan auditorlik tekshiruvi tavsiyalari bajarilish jarayonini o’z ichiga olgan auditning to’liq dasturi bo’yicha qayta tekshirish o’tkazish jarayonida ko’pincha nazorat ob’ektini ichki auditorlar tomonidan yil davomida qayta tekshirilishi o’z maqsadiga ko’ra avvalgi dasturlardan farq qiluvchi audit dasturi yordamida amalga oshiriladi. Biroq hatto maqsadlar mos kelmaganda ham oldingi audit tavsiyalarini bajarishni tekshirish bandi joriy tekshiruv dasturiga kiritilishi lozim. To’liq dasturda qayta tekshirishni kutilayotgan samara uni o’tkazish xarajatlaridan ortishi muqarrar holatda rejalashtirilishi va olib borilishi maqsadga muvofiq. 16.7. Ichki audit hisobotining tuzilishi
O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi. Yig’ma hisobot: tahliliy qismni; yakuniy qismni; tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak. Yig’ma hisobotning tahliliy qismi ichki audit xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak. Hisobotning yakuniy qismi: korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek likvidligiga umumiy bahoni; aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak. Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi zarur. Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib chiqishi va