3.Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditi.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni
tekshirish ketma-ketligi.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)
Bosh daftar
4510-«Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlar» 4550-«Majburiy to’lovlar bo’yicha bo’naklar» va 6520 –«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotlarining qoldiqlari.
4550 va 6520 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlaridagi qoldiqlar
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot jamg’armalariga to’lanadigan sug’urta badallari bo’yicha hisob-kitob vedomostlari – tegishli jamg’armalar bo’yicha hisobot davrining oxiriga qarz qoldiqlarining summasi.
2-chizma
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar va ularni tekshirishda quyidagilarni bilish mumkin;
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditini maqsad va vazifalari aniqlash,
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditini o’tkazishda mavjud bo’lgan asosiy xujjatlar
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditiniishini tekshirishdagi ketma-ketlik,
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditini o’tkazishi jarayonida aniqlangan xuquqbuzarliklarning turlari,
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar tekshirishdan maqsad qonunda belgilangan talabalar asosida amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditi qilishda quydagilardan boholash mumkin:
Soliqlar bo’yicha sintetik va analitik hisob tizimi;
Soliq bazasini shakllantirish va noqonuniy to’lovlarni yo’qligi;
Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha belgilangan summani to’lanmasligi;
Soliq majburiyatlarini byudjet buxgalteriya va soliq hisobotlarida ko’rsatish
Soliq bazasini shakllantirish jarayonida soliq qonunchiligiga rioya qilish.
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq o’z vaqtida majburiy to’lovlarni to’lash.
Auditor byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lovlarning amalga oshirilishini tekshirganda pensiya jamg’armasining shakllanish manbalari hamda belgilangan foiz stavkalarining to’g’ri hisoblanganligiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Auditorlik tekshirishi jarayonida byudjetdan tashqari jamg’armalarga tushumlarning qonuniyligi, amaldagi me’yoriy - huquqiy hujjatlarga mos kelishi tekshiriladi.
Sug’urta badallarining hisoblash ijtimoiy sug’urta joriy qilingan ishlovchilarini barcha kategoriyalarini ish haqi jamg’armasiga belgilangan tarifdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari auditorlik tekshiruvi jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: to’lanishi lozim bo’lgan badallarning hisoblab yozilishi uchun soliqqa tortish bazasining to’g’ri aniqlanganligini; badallarning pensiya jamg’armasiga o’z vaqtida hisoblab o’tkazilayotganligiga; badallarning jamg’armalarga hisoblab yozilishi va o’tkazilishi hisobi to’g’ri yuritilayotganligiga; analitik hisob ma’lumotlarining 6520 – “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik” schyot ma’lumotlariga muvofiqligiga.
Audit o’tkazish manbalari bo’lib hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlarni hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftar kabilar hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq sug’urta qildiruvchilar hisoblangan sug’urta badallarini naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklida tegishli summalarini o’zlarining bank muassasalaridagi joriy hisobvaraqlaridan pensiya jamg’armasi bo’limlari hisovaraqlariga o’tkazish yo’li bilan to’laydilar. Bunda pensiya jamg’armasiga byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar badallarini oyda bir marta oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqini to’lash uchun belgilangan muddatda to’lashi lozim.
Tekshirish chog’ida auditor jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha sodir bo’ladigan quyidagi muomalalarni to’g’riligini tekshirishi lozim:
1)Pensiya jamg’armasiga tegishli bo’lgan va mahsulot tannarxiga kiritiladigan summalarni, shu jumladan soliqlarni, to’lovlarni va hokazolarni aks ettirish:
Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 9410 “Sotish xarajatlari” schyotlari
Kredit 6520 “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik”” schyoti.
2) Tijorat xarajatlariga, hamda muomala chiqimlari (savdoda) hisobiga kiradigan, pensiya jamg’armasiga hisoblangan badallar summasini aks ettirish:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti
Kredit 6520 “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik”schyoti.
3) Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan badallar, mahsulot, xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar va xo’jaliklarning bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlari xarajatlariga qo’shiladigan, hamda kelgusi davr xarajatlarining tarkibida hisobga olinadigan summalarning aks ettirilishi:
Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 3190 “Boshqa oldindan to’lanadigan xarajatlar” schyotlari
Kredit 6520 “Pensiya jamg’armasiga to’lovlar bo’yicha hisob - kitoblar” schyoti.
4) Oldindan hisoblangan ajratmalarning summalarini Pensiya jamg’armasiga o’tkazish:Debet 6520 “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik”schyoti. Kredit 5110 “Hisob -kitob” schyoti
Auditor shunga e’tibor berish kerakki, penya badallarini to’lash mudati o’tgan kundan keyingi kundan boshlab, to’lov kunini ham qo’shib hisoblanadi. Masalan, agar badallar 5 mayda to’lanishi kerak bo’lsayu, 15 mayda to’langan bo’lsa penya 10 kun (6 maydan 15 maygacha) uchun hisoblanadi.
To’lov muddati dam olish yoki bayram kunga to’g’ri kelsa penya dam olish yoki bayram kunidan keyingi 2chi ish kunidan hisoblanadi.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot jamg’armalariga to’lovlar hisoblanishi hamda to’lanishini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagilar bajariladi:
har bir jamg’arma turi bo’yicha va sug’urta turi bo’yicha to’lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;
tegishli jamg’armalar bo’yicha sug’urta badallari stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish;
hisoblashlarni tekshirish;
sug’urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.
Ma’lumotlarda tafovutlar bo’lgan hollarda jamg’armalar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko’lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.
Moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar barcha asoslar bo’yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to’lovlarning barcha turlari ushbu jamg’armalarga sug’urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta badallarini hisoblash uchun qo’llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
hisobot davrida hisoblangan va to’langan mehnat haqi hamda boshqa to’lovlar turlarini aniqlash;
haqiqatda sug’urta badallari hisoblangan to’lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga sug’urta badallari hisoblanmaydigan to’lovlar ro’yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo’lgan to’lov turlari bilan taqqoslash;
tegishli jamg’armalar bo’yicha sug’urta badallarining to’liq to’lanmagan (yoki oshiqcha to’langan) miqdorini aniqlash.
Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to’lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak.
Ma’lumotlarda tafovutlar bo’lgan hollarda jamg’armalar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko’lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.
Moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar barcha asoslar bo’yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to’lovlarning barcha turlari ushbu jamg’armalarga sug’urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta badallarini hisoblash uchun qo’llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
hisobot davrida hisoblangan va to’langan mehnat haqi hamda boshqa to’lovlar turlarini aniqlash;
haqiqatda sug’urta badallari hisoblangan to’lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga sug’urta badallari hisoblanmaydigan to’lovlar ro’yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo’lgan to’lov turlari bilan taqqoslash;
tegishli jamg’armalar bo’yicha sug’urta badallarining to’liq to’lanmagan (yoki oshiqcha to’langan) miqdorini aniqlash.
Bizning fikrimizcha, auditor yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq.
shuningdek, oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to’lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak.
So’ngra hisoblangan va to’langan sug’urta badallarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to’langan to’lovlarning sug’urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga e’tibor qaratiladi. Тekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Тekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko’rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug’urta va ta’minot bo’yicha qarzlar miqdoriga), muhimliklik darajasini hisobga olgan holda, qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlaydi.
So’ngra hisoblangan va to’langan sug’urta badallarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to’langan to’lovlarning sug’urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga e’tibor qaratiladi. Тekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Тekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko’rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug’urta va ta’minot bo’yicha qarzlar miqdoriga), jiddiyliklik darajasini hisobga olgan holda, qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlaydi.
Auditor shunga e’tibor berishi kerakki, sug’urta badallari quyidagi turdagi to’lovlarga hisoblanmaydi: foydalanmagan ta’til uchun kompensatsiyalar; ishdan bo’shash chog’idagi chiqish pensiyasi; moddiy yordam ko’rinishida beriladigan pul pensiyalarini har xil turlariga; kompensatsiya to’lovlariga; bepul ovqatlar qiymatlariga;tovon to’lovlarini (xizmat safari bo’yicha sutkalik pullari va sutkalik pullar o’rniga to’lovlar, mehnatchilarga ularning ishi bilan bog’liq holdagi shikasitlanishi yoki salomatligiga boshqacha zarar yetganligi natijasida ko’rilgan zararni qoplash to’lovlari) va boshqalarga; berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal va boshqa himoya vositalari, sovun, sut va davolash-profilaktika ovqatlar qiymati; tushlik ovqatlar uchun dotatsiyalar, sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish uylariga yo’llanmalar qiymati, statsionarlarda va ambulatoriyalarda davolanish uchun haq to’lash; boshqa joyga ishga o’tishdan yoki ko’chib o’tishdan yo’lda yurish, mulkni tashishga doir xarajatlarning qoplanishi; doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki yo’lda yurish tusiga ega bo’lgan yoxud xizmat safarlari bilan bog’liq hollarda sutkalik pullarni o’rniga ish haqiga qo’shimchalar va ustamalar; ish haqi jamg’armasidan amalga oshiriladigan yubiley sanalari, tug’ilgan kunlar munosabati bilan uzoq muddatli, benuqson mehnat faoliyati, faol ijtimoiy ishi uchun va boshqa shunga o’xshagan hollarda beriladigan rag’batlantirish to’lovlari (mukofotlar); musobaqalarda, ko’riklar, tanlovlar va shu kabilarda yutuqli o’rinlar uchun beriladigan pul mukofotlari; korxona va tashkilotlar ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish uchun yuborilgan o’quvchilargan to’lanadigan stipendiyalar;davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha pensiyalar, ijtimoiy pensiyalar, pensiyalar.
Tekshiruv chog’ida auditor hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlar, hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftardan manba sifatida foydalanishi mumkin.
Xulosa
Ushbu kursh ishida biz “SOLIQLAR VA MAJBURIY TO’LOVLAR AUDITI” mavzusi haqida yaqindan tanishib chiqdik. Bizga berilgan ma’lumotlar hamda Qonunlar, Vazirlah mahkamasi qarorlari, Prezident farmonlaradiga ma’lumotlardan unumli foydalanib o’rgandik. Asosan soliq yo’nalishi bo’yicha mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, soliq faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish yo’lida qilinayotgan ishlarni yoritib o’tdik.
Valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o’z ichiga olgan electron tijoratni rivojlantirishni rag’batlantirish, o’zaro hisob-kitob tizimida olinmagan to’lov va Tovar foydalanilmagan xizmatlar uchun texnologiyalarni joriy etish.
Soliq ma’muriyatchilig sifati va samaradorligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida soliqqa tortishni takomillashtirishni o’rganishda quyidagilarga alohida e’tibor berildi.
Soliq qonunchiligini tanqidiy o’rganish va tahlil qilish, huquqni qo’llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini soddalashtirish.
Soliq yukini, shu jumladan YaTTlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, qayta ko’rib chiqish.
Eng asosiy o’zgarishlardan biri sifatida shuni alohida ta’kidlab o’tishimiz mumkinki, moliyaviy faoliyat amalga oshirmayotgan korxonalarni soliq tekshiruvlarini o’tkazmasdan kameral nazorat xulosasi asosida tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: |