246
Yuqorida sanab o‘tilgan tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar haqidagi
umumiy qoidalar, ularning vakolatlari, mulkiy munosabatlari, ustav kapitalining
shakllanishi, moliya-xo‘jalik faoliyati, bu faoliyat ustidan nazoratni tashkil qilish
va shu kabi boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning
samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-sonqarori bilan tasdiqlangan “Davlat
korxonalari to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2019-
yil 21-maydagi “Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan
tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: