252
Bu holda moliyaviy menejmentning zarurligi quyidagi omillar asosida yuzaga
keladi:
−
o‘zini-o‘zi moliyalashtirishning zarurligi;
−
bozordagi baholar ta’sirini o‘rganish;
−
mehnat bozorini o‘rganish lozimligi;
−
pul bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga olish;
−
korxonaning davlat oldidagi majburiyatlarini tartibga
soluvchi qonunchilik
hujjatlari talablarini bajarish.
Tadbirkor bilan mulkdor o‘z faoliyatini bir-biridan ajralgan holda olib
borganda mulkdor bilan tadbirkor (menejer) o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilib,
mulkni boshqarish huquqlari va ularga muvofiq majburiyatlar tadbirkor zimmasiga
o‘tadi.
Tadbirkor korxona faoliyatidagi barcha muammo va masalalarni mustaqil
hal etadi va amal qilayotgan qonunlarga asoslangan
holda korxonaning nizomiga
muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
Tadbirkorlarning quyidagi huquqlari mavjud:
−
banklarda hisobraqami va valyuta hisobraqamlarini ochish;
−
har xil bitimlar va shartnomalar tuzish (mehnat shartnomasini ham);
−
korxona va firma pul mablag‘larini tasarruf qilish, xarajatlarni qoplash va
resurslar xarid qilish uchun foydalanish;
−
korxona nomidan iqtisodiy huquqiy va ma’muriy faoliyatni olib borish;
−
korxona, firmani boshqarish va boshqalar.
Tadbirkorlikni yuritishdagi asosiy majburiyatlar qo‘yidagilardir:
−
ishni tashkil etish
va boshqarish hamda korxonada, bo‘limlar ichidagi
samarali aloqalarni tashkil etish;
−
joriy va strategik reja topshiriqlarning bajarilishini tashkil etish;
−
korxonaning to‘lov qobiliyati va likvidligini ta’minlash;
−
korxonani moliya-xo‘jalik faoliyati hisobotlarini tuzib chiqish va uni tegishli
tashkilotlarga taqdim etish;
253
−
korxona faoliyatini qonun doirasida yuritish;
−
tijorat sirlarini saqlash va korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
boshqalarga bermaslik;
−
moliya, soliq va
bank organlariga buxgalteriya, moliyaviy hisobotlarni o‘z
vaqtida topshirish;
−
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi asosida soliq majburiyatlarni
bajarib borish;
−
boshqa majburiyatlarni, korxona nizomidagi bandlarni to‘la bajarish hamda
bitim va shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarib borish.
Tadbirkor o‘zining vazifalarini bajarish jarayonida korxona faoliyatiga
qasddan
moddiy zarar etkazgan taqdirda, belgilangan tartibda keltirilgan zararni
qoplashi lozim.
Biznes va tadbirkorlikning, turli mulkka asoslangan korxonalarning
taraqqiyoti va ulardagi moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish o‘zaro bog‘liq
muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo‘jalik
yuritish shakllaridan
keng foydalanishga o‘tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti
bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim
turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari korxonalar taraqqiyotini
rag‘batlantirishning muhim dastaklariga egadir. Bu narsa shu bilan bog‘liqki,
korxonalarda mukammal taqsimot tizimining yaratilishi
natijasida markazlashgan
va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishiga erishish hamda turli soliq
imtiyozlarining qo‘llanilishi asosida korxonalar kelgusi taraqqiyoti uchun qulay
iqtisodiy sharoitlar yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: