250
solishtirishga asoslangan xo‘jalik yuritish usuli bo‘lib,
uning maqsadi eng kam
xarajat qilib maksimum darajada foyda olish hisoblanadi. Tijorat hisobi
tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va kengaytirish maqsadida so‘zsiz
foyda
olish va yetarli rentabellik darajasiga erishishni nazarda tutadi.
Tijorat siri
– korxona uchun o‘zining raqobatchilari oldida ustunlikka
erishish va maksimum foyda olish uchun xizmat qiladigan har qanday konfidensial
boshqaruv,
iqtisodiy, ishlab chiqarish,
ilmiy-texnik, savdo, moliyaviy va boshqa
turdagi axborot. Tijorat hisobi asosida va tijorat sirining ta’siri sharoitida xo‘jalik
faoliyatini yuritish korxonalar moliyasini tashkil qilishga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Tijorat hisobi asosida ish yurituvchi korxonalar moliyasining o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (12.4-rasm):
12.4-rasm. Tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasining
xususiyatlari
111
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan mulkdorning o‘zi
yoki uning nomidan u yollagan shaxs shug‘ullanishi mumkin. Korxonalarning
aksariyat ko‘pchiligida (masalan, aksiyadorlik jamiyati)
mulkka egalik korxonani
bevosita boshqarishdan ajralgan holda bo‘ladi. Yirik korxonalarda esa tadbirkorlik
(umumiy iqtisodiy boshqaruv) jarayonida moliyaviy boshqaruv alohida vazifa
111
Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 193-bet.
Tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasining
xususiyatlari
to‘liq moliyaviy mustaqillikka egaligi
xo‘jalik subyektlaridagi moliyaviy munosabatlarga davlatning ma’muriy
usullar bilan aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi
subyektlarning ish natijalari yuzasidan, o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida
bajarish yuzasidan real iqtisodiy javobgarligi
subyektlarning banklar, sug‘urta kompaniyalari, dav-lat bilan tijorat asoslarini
mustahkamlashga qaratilgan munosabatlariga kirishishida teng huquqli hamkor
sifatida o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda moliyaviy operatsiyalarda ishtirok
etishi
251
sifatida ajralib chiqadi va tegishli xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Kichik
korxonalarda esa moliyaviy boshqaruv umumiy boshqaruvdan ajralmagan holda
olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: