270
–
yakka (individual) smetalar;
–
jamlanma smetalar;
–
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
–
markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
Yakka smetalar
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan
alohida olingan
muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda)
joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat sog‘liqni saqlash
muassasasi (kasalxona, qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.)
mustaqil ravishda byudjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka
smeta asosida rejalashtiradi.
Jamlanma smetalar
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli
davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va
tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan
tashkilotlar bo‘yicha tuziladi(masalan, tuman madaniyat bo‘limiga
qarashli
markaziy kutubxonalar tizimi bo‘yicha).
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma
xarajatlar
smetasi – byudjet
mablag‘larini
taqsimlovchi
tomonidan
uning
tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning
xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi.
“Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh
bo‘linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan
buxgalteriyalar va tegishli
hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha
quyidagi alohida hollarda
jamlanma xarajatlar smetasi
tuzilishi mumkin:
−
bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa
tashkilotlar bo‘yicha;
−
bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, qachonki ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish
xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan
holda amalga
oshirilsa;
−
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha;
−
ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari
hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bo‘yicha.”*
Dostları ilə paylaş: