294
bog‘liq yo‘nalish va tarmoqlarni o‘zida mujassam etgan ijtimoiy soha rivojini
ta’minlash, uni yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi muammolarni echish, bu
sohalar rivojining qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga
qaratilganligi
bilan ayniqsa ahamiyatlidir. Bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish,
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, oddiy odamlarning mamlakatda
olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalaridan qoniqishlariga erishish,
aholining ta’sirchan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qator
chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularni quyidagi yo‘nalishlarda olib borish
belgilangan, jumladan:
−
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand
qatlamlari ijtimoiy himoyasini hamda keksalar
va imkoniyati cheklangan
shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat
ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish;
−
pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining
boshqa ehtiyojmand
toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
124
.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida 2017-yilning “Xalq bilan muloqot
va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi va bu nomdagi davlat dasturining
qabul qilinishi ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, “Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va
yo‘nalishlari doirasida quyidagilar belgilandi
125
:
−
hududlarni, ayniqsa ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda
nisbatan orqada
qolayotgan tumanlar va shaharlarni, chekka aholi punktlarini kompleks, jadal
rivojlantirish, tijorat banklarining faol ishtirokida yangi ish o‘rinlari yaratilishini
124
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar
strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
125
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2016 yil 17 dekabr F-4760-son farmoyishi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 8-son, 119-modda.
295
ta’minlash
va shu asosda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar
miqdorlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, aholining hayoti darajasi va sifatini
oshirish;
−
ta’lim, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash tizimlarini, shu jumladan
onalik va bolalikni muhofaza
qilishni yanada rivojlantirish, oila institutini
mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning iqtidorlari
va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning hayotda munosib o‘ringa ega
bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirishva Davlat dasturida nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi
“Aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli
qarori
126
qabul qilindi. Bir qator idora va
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilayotgan aholining kam ta’minlangan qatlamini
2017–2018-yillarda ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hududiy manzilli
dasturlari ma’qullandi.
Ushbu hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) mehnat bilan bandlikning ma’lum bir turlari bilan shug‘ullanish istagida
bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilasini o‘ziga etarliligini
ta’minlovchi mikrokreditlar tijorat banklarining imtiyozli kreditlash maxsus fondi
mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
−
tikuv
mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati
uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat
bilan bandlikni ta’minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish uchun;
−
shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (mini-issiqxonalar barpo etish,
chorva mollari, parranda sotib olish, og‘ilxona va tovuqxona qurish, bog‘dorchilik
inventarlari va asboblari xarid qilish) va uy joy ta’miri uchun;
b) og‘ir uy-joy va
maishiy sharoitlarda yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan,
nogironlarni parvarishlayotgan oilalarga quyidagi maqsadlarda beg‘araz yordam
ko‘rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: