Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Harakatlar strategiyasida davlatning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

13.2. Harakatlar strategiyasida davlatning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini 
moliyaviy ta’minlash masalalari 
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb 
nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy 
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan 
yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda 
tutilgan. 
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh 
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy 
sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron 
hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini 
yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini 
kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning 
chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, 


290 
qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud 
kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilmoqda.
Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya 
sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida 
ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz 
cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini 
takomillashtirish, quyi instantsiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf 
etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instantsiyalarining 
vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat 
organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi 
to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash 
nazarda tutilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish 
va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan 
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-
protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontseptsiyasini ishlab 
chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, 
tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam 
tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, 
advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni 
ham o‘z ichiga oladi.


291 
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan 
uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun 
milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga 
solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, 
mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish 
uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, 
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy 
jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga 
solishning zamonaviy printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli 
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal 
rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, 
qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim 
milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki 
tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 
649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga 
chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab 
chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 
foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi 
bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini 
saqlash, 
yo‘l-transport, 
muhandislik-kommunikatsiya 
hamda 
ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz 
bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan 
ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi 
maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim 
muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy 


292 
ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirishni nazarda tutadi.
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta 
investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil 
etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda 
tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish 
o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 
10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.
Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini 
takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. 
Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p 
tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta 
maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti 
quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar 
qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash 
maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy 
avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb 
nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, 
suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga 
chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini 
takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil 
etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek 
Millatlararo 
munosabatlar 
sohasidagi 
siyosatning 
ustuvor 
yo‘nalishlari 
kontseptsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab 
chiqish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi 
hamkorlikni 
rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritalari”ni 
ishlab 
chiqish, 


293 
O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, 
investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish 
va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga 
oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSh dollari yo‘naltiriladi.
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy 
komissiya tuzilmoqda.
Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha 
tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni 
amalga oshirish, balki 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini 
amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash 
ham yuklatilmoqda. 
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining 
mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, 
qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining 
daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash 
yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin