301
iqtisodiyot real sektorini rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan iqtisodiy o‘sishni
moliyalashtirish modelini yaratish lozim.
Innovatsion iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning zarurligi va shart-
sharoitlari
haqida
gap
borar
ekan,
shuni
ta’kidlash
lozimki,
bozor
munosabatlarining asosini tashkil etuvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatlari ular
moddiy bazasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq, chunki moddiy resurslardan
samarali foydalanish har qanday iqtisodiy o‘sishning sharti va bosh omili
hisoblanadi.
Bilimga asoslangan iqtisodiyot iqtisodiyotning sanoat rivojlanishidan
keyingi va innovatsion iqtisodiyotning oliy bosqichi hisoblanadi. Bunda ko‘pincha
“bilimga asoslangan iqtisodiyot” atamasi “innovatsion iqtisodiyot” sinonimi
sifatida ishlatiladi. Ammo bilimga asoslangan iqtisodiyot – innovatsion
iqtisodiyotni rivojlantirishning oliy bosqichidir.
Jahon Banki ekspertlarining ta’rifiga ko‘ra: “Bilimga asoslangan iqtisodiyot
– o‘zining o‘sishi va raqobatdoshligini oshirish uchun bilimlarni yaratadigan,
tarqatadigan va ulardan foydalanadigan iqtisodiyotdir”
129
.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mutaxassislari tomonidan bilimga
asoslangan iqtisodiyotga batafsilroq ta’rif berilgan, ya’ni u “bilimlar barcha
tarmoqlar, barcha sektorlar, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini
boyitadigan iqtisodiyotdir. Ayni paytda bunday iqtisodiyot turli shakllardagi
bilimlardan foydalanibgina qolmasdan, balki mazkur bilimlarni yuqori
texnologiyali mahsulotlar, yuqori malakali xizmatlar, ilmiy mahsulot va ta’lim
sifatida yaratadi”
130
(14.1-rasm).
Bilimga asoslangan iqtisodiyot “moddiy iqtisodiyot”dan “intellektual
iqtisodiyot”ga o‘tishni nazarda tutadi. Buning mohiyati shundan iboratki, bilimlar
va maxsus noyob ko‘nikmalar barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai va hal
qiluvchi omiliga aylanadi. Akademik V.L.Makarovning fikricha, “Bilimga asos-
langan iqtisodiyotda, bir tomondan, olimlar tomonidan qanchalik ko‘p bilim yara-
Dostları ilə paylaş: