303
investitsiyalarning ortishi va buning natijasida eng
yangi texnologiyalarning
o‘zlashtirilishi jahonning yetakchi mamlakatlariga iqtisodiy o‘sishning yuqori
sur’atlarini ta’minlash imkoniyatini bermoqda.
Mehnatni bilimlar bilan almashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlarning
mohiyati shundan iboratki, bilimlar resurslarni qayta
ishlashga jalb qilinar ekan,
mehnat emas, balki bevosita bilimlar qiymat manbai sifatida namoyon bo‘ladi.
Mohiyat jihatidan “qiymatning mehnat nazariyasi” “bilimlar tomonidan
yaratiladigan qiymat” nazariyasi bilan almashtirilmoqda.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – bilimlardan o‘zining o‘sishi va raqobat-
bardoshligini ta’minlash uchun foydalanayotgan iqtisodiyotdir. Bunday iqtiso-
diyotda bilimlar iqtisodiyot
barcha tarmoqlarini, iqtisodiy jarayonlarning barcha
qatnashchilarini boyitib boradi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy
(tannarxning arzonlashishi, strategik raqobat ustunligi),
balki ulkan ijtimoiy
ahamiyatga ega, u turmush sifatini yaxshilash prinsiplariga asoslangan (14.2-
rasm).
14.2-rasm. Bilimgaasoslanganiqtisodiyottizimi
133
133
Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2013. – B.500.
Dostları ilə paylaş: