Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
142
Механизм инвестиций: международный опыт в контексте Узбекистан.// Экономическое обозрение. – 
Ташкент, 2012. - №7. – С.16.
 


316 
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini investitsiyalashda quyidagi ustuvorliklar 
belgilandi: sanoatning xom ashyo ishlab chiqarmaydigan tarmoqlari; nobank moliya 
xizmatlari; 
oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqarish; 
infratuzilma 

avtomagistrallarni, bandargohlarni, elektroenergetika obyektlarini, ommaviy tezyurar 
transport tizimlarini qurish; fuqarolar aviatsiyasi, meditsina va farmatsevtika; 
mehmonxona biznesi va turizm; elektron jihozlar va dasturiy ta’minot; xususiy neftni 
qayta ishlash korxonalari; mineral xom ashyoni qidirish va qazib olish; maslahat 
xizmatlari va boshqalar. 
Kichik tadbirkorlik uchun aktsiyadorlik kapitaliga xorijiy investitsiyalar hajmi 
bo‘yicha maxsus cheklovlar amal qiladi. Bu sektor korxonalariga ustav kapitalida 
xorijiy ishtirok 24 foizgacha hajmda bo‘lishiga ruxsat berilgan. Xorijliklar ishtiroki bu 
darajadan oshib ketgan taqdirda korxona mahsulotning 50 foizini majburiy eksport 
qilishni ko‘zlovchi ishlab chiqarish litsenziyasini olishi kerak bo‘ladi. 
Hindiston investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha 20 dan 
ortiq mamlakatlar bilan xalqaro va ikki tomonlama bitimlarni tuzgan. Bu bitimlar 
investitsiyalarning erkin harakat qilishi va qaytarilishi imkonini beradi, 
milliylashtirishga, agar ular mamlakat milliy manfaatlariga zid kelmasa, yo‘l 
qo‘ymaydilar. 
Turli mamlakatlar (Xitoy, Hindiston) investitsiya siyosatidagi farqlar va o‘ziga 
xos xususiyatlarga qaramasdan bu davlatlarning investitsiya strategiyasi va 
mexanizmlarida umumiy jihatlar mavjud. Bular quyidagilar: 
1.
Samarali investitsiya siyosatini tashkil qilishda (ayniqsa uning shakllanish 
bosqichlarida) davlatning yuqori roli. Bunda davlatning funktsiyalari faqat qulay 
investitsiya muhitini shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma 
tarmoqlarini rivojlantirish, zarur me’yoriy-huquqiy bazani yaratish va unga rioya 
qilish monitoringini amalga oshirish bilan cheklanmaydi. Bu yo‘nalishda inson va 
ijtimoiy 
kapitalni 
rivojlantirish, 
davlat 
institutlari 
institutsional 
salohiyatinimustahkamlash, 
iqtisodiyotni 
yangi 
innovatsion 
sektorlarini 
rivojlantirishga investitsiyalarni ko‘paytirish singari masalalarni hal qilish muhim 
bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashib 


317 
borishi bilan investitsiyalash jarayonlarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga 
solish miqyoslari qisqarib boradi, bilvosita vositalar orqali investitsiya oqimlarini 
rag‘batlantirish funktsiyalari esa muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. 
2.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy 
investitsiyalarning 
kirib 
kelishini 
rag‘batlantiruvchi qulay va mustahkam investitsiya muhiti. Bu holat jamg‘armalar 
darajasini YaIMga nisbatan 20 foizdan kam bo‘lmasligini, shuningdek investitsiyalar 
o‘sish sur’atlarini YaIM o‘sish sur’atlaridan yuqori (2-4 punkt) bo‘lishini ta’minlaydi. 
Oxirgisi ustun darajada xususiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunga 
xususiy sektorga katta hajmdagi kreditlarning ajratilishi (Tailand, Hindiston) ijtimoiy 
iqtisodiy muammolarni hal qilishda erkin bozor kuchlari bilan davlatning faol rolining 
uyg‘unlashuvi (inflyatsiyaning past darajasini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini 
yaratish, kambag‘allikka qarshi kurashish va h.k.) 
3.
Bank sektori va moliya bozorining barqaror rivojlanishi. Jahonning ko‘pgina 
raqobatbardosh rivojlanayotgan mamlakatlarida monetizatsiya darajasi 50 foizdan 
ortiqni tashkil etadi. Faqat shunday holdagina aholi va tadbirkorlarning bo‘sh 
mablag‘larini ishga solish, investitsiya resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish, faol inflyatsiyaga qarshi siyosatni olib borish uchun shart-sharoitlar 
yaratiladi. 
4.
Investitsiya siyosatining tizimliligi va yaxlitligi. Ma’lumki, investitsiya 
siyosati mamlakat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosiy tarkibiy qismlaridan 
biri bo‘lib hisoblanadi. (masalan, Hindistonning yangi sanoat siyosati, Tailandning 
sanoat siyosati, Chilining eksport salohiyatini rivojlantirish siyosati) va umummilliy 
manfaatlarga asoslanadi. Jumladan, Xitoy investitsiya siyosati tsikllarga qarshi 
tartibga solish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, erishilgan yuqori o‘sish sur’atlarini 
saqlab turishning (Xitoy iqtisodiyotining tsiklik rivojlanishi xususiyatini hisobga 
olgan holda) faol vositasi bo‘lib hisoblanadi. 
5.
Yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga kapital oqimlarini yo‘naltirish. 
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar bunda rivojlangan mamlakatlar bilan ular 
o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi farqni tezroq bartaraf etish imkonini 
beruvchi rivojlanishning“quvib yetish” strategiyalaridan foydalanganlar. Bunda 


318 
asosiy mexanizm bo‘lib davlat va xususiy sektor hamkorligi, davlat va biznes 
o‘rtasida riskni taqsimlash, marketing tadqiqotlariga ketadigan xarajatlarni davlat 
tomonidan birlashtirib moliyalashtirish, personalni o‘qitish, yangi mahsulotni 
sertifikatlashga ko‘maklashish hisoblanadi. 
6.
Inson va ijtimoiy kapitalni oshirishni investitsiyalashga o‘ziga xos ustuvorlik 
berish. Fan sig‘imi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotni tezkorlik bilan barpo etish sharoitida 
raqobatbardoshlikning 
o‘sishini 
ta’minlash 
zaruriyati 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning inson va ijtimoiy kapitalga keng miqyosdagi investitsiyalarni jalb 
qilish ko‘rinishidagi o‘ziga xos ustuvorlikni keltirib chiqaradi. Ta’lim sohasiga 
e’tibor, rivojlangan mamlakatlarga “aqllarning oqib o‘tishi”ni kamaytirish bo‘yicha 
ko‘rilgan jiddiy choralar rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish 
istiqbollarini baholashning eng muhim mezoniga aylandi. 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida 
belgilanganidek, yurtimizda izchil davom etayotgan islohotlarning hozirgi bosqichi 
talablarini bajarish omillaridan biri - innovatsion rivojlanish hisoblanadi.Bugungi 
kunda O‘zbekistonda innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. 
Bunda asosiy maqsad – jahon tajribasini o‘rgangan holda innovatsiya masalasiga 
keng qamrovli yondashuvga tayanishdan iborat, ya’ni dunyoning global 
innovatsion indeksida belgilab berilgan yettita yo‘nalishga e’tibor berilmoqda. 
Bunda, masalan, institutsional shart-sharoit, qonunchilik va davlat boshqaruvining 
sifati muhim o‘rin tutadi. Chunki xorijiy investor o‘z sarmoyasini jalb qilmoqchi 
bo‘lsa, avvalo, tegishli qonunning mavjudligi va uning ijrosi bilan qiziqadi. 
Ikkinchidan, inson kapitali, aholining oliy ta’lim bilan qamrovi masalasi alohida 
o‘rin egallaydi. Zero, yetarlicha bilimga ega mutaxassisni yetishtirmasdan turib 
innovatsiyani joriy qilish mumkin emas. Shu munosabat bilan respublikamizda 
xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish amalga oshirilmoqda. 
Bundan tashqari, ilmiy faoliyat, ilmiy izlanish va innovatsiyalarga investitsiyani 
jalb qilish, ilmiy unvonlarni berish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish, 
universitetlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Shu bilan birga, har qanday g‘oyani hayotga tatbiq etish, unga investitsiya jalb 


319 
qilishda infratuzilmaviy shart-sharoit zarurligi tabiiy hol. Shuningdek, kredit olish 
masalasi, fond bozorini rivojlantirish, uning YAIMdagi ulushini oshirish, venchur 
fondlarini tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiyotiga nafaqat mahalliy va xorijiy 
sarmoyani jalb qilish, balki shu orqali innovatsion faoliyatni jahon standartlari 
darajasida kengaytirishga imkon beradi. Bu kabi vazifalarni bajarishda esa xorijiy 
tajribani chuqur o‘rganish, olimlar, ekspertlarning ilmiytahlillaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin