315
ketishi bosqichida tartibga solishning ma’muriy metodlaridan ko‘proq foydalanildi.
Xitoy “iqtisodiy g‘aroyiboti” bir qancha tayanch momentlarga asoslanadi: qishloq
xo‘jaligini isloh qilish, soliqlarni kamaytirish, davlat xarajatlarini qisqartirish, erkin
iqtisodiy hududlarni tashkil etish (eksportni erkinlashtirish). Xitoy ma’muriyati hali
jahon iqtisodiy amaliyotida kuzatilmagan soliq yukini - 1979 yildagi YaIMga nisbatan
30,4 foizdan 1996 yilda 10,3 foizgacha kamaytirishni amalga oshirdilar. Bu salbiy
makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelmadi, chunki shu vaqtning o‘zida barcha davlat
xarajatlari 36,4 foizdan 13,1 foizgacha qisqarib bordi
142
.
Xitoy investitsiya siyosatining vositalaridan biri bu investitsiyalarga soliqlardir.
Bu vosita orqali hukumat kapital qurilishning me’yordan ortiq o‘sib borishiga qarshi
kurashdi. Biroq, agar korxonalar texnologik modernizatsiyalash uchun ichki bozordan
jihozlarni sotib oladigan bo‘lsa, ular yalpi foydaning 40 foiziga to‘lanadigan soliqdan
ozod bo‘lish imtiyozidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
90-yillar oxirlarida, YAIMning o‘sish sur’atlari tushib ketganida hukumat
davlat g‘azna majburiyatlarini emissiya qilish orqali investitsiya faolligini
rag‘batlantirishga kirishdi. 1998-2002-yillar mobaynida mazkur vosita yordamida
80,5 mlrd. AQSH doll. jalb qilindi, ya’ni, irrigatsiya inshootlarini, avtomobil
yo‘llarini, aeroportlar, don saqlash omborlarini qurishga, o‘rmonlarni yaratish va
qisman davlat korxonalarini modernizatsiyalashga sarflandi.
Hindiston investitsiya siyosati samaradorligi to‘g‘risida 4,1 ga teng bo‘lgan
global raqobatbardoshlikning yuqori indeksining (Yegipet, Xorvatiya va Chexiya
darajasi), va shuningdek so‘nggi yillarda tayyor maxsulotlarning ¾ qismini tashkil
etuvchi eksport tarkibining yaxshilanishi dalolat beradi.
Iqtisodiy va investitsiyaviy faollikning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha Hindiston
dunyoning rivojlanayotgan davlatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
YAIMning o‘rtacha o‘sish sur’atlari 2000-2004-yillarda (jahondagi rivojlanayotgan
davlatlar bo‘yicha 4,5 foiz darajasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan) 5,7 foizni,
yalpi investitsiyalar esa (5,2 foizga nisbatan) 7,7 foizni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: