322
yaratgan umumiy moliyaviy qiymatiga nisbatan moliyalashtirish ulushi Singapurda
150 foizni, Niderlandiyada 10 foizni va Daniyada 6 foizni sarf
etmoqda
145
.
Mamlakatda o‘sib borayotgan aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
ta’minlash yangicha yondashuvni talab etmoqda. Xususan, bu borada
yetakchi
mamlakatlar sohadagi tadqiqotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda sezilarli
choralarni amalga oshirmoqdalar.
Masalan,Niderlandiya davlati aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi xarajatlar
hajmi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori ekanligini qayd etish mumkin.
Shu bilan birga, mazkur mamlakatda qishloq xo‘jaligi yalpi iqtisodiy qiymatining
0,1 qismi sarf etilishi Niderlandiyaning qishloq xo‘jaligida innovatsion ustunligini
yana bir bor tasdiqlab beradi.
2018-yilda e’lon qilingan xalqaro innovatsion indeks esa, mamlakatda qayta
tiklanuvchi energiya tizimining yaratilishi nuqtai nazaridan ishlab chiqildi. Mazkur
hisobotda O‘zbekiston umuman qayd etib o‘tilmagan. Zotan 2017-yilda
subko‘rsatkichda bor edi. Ushbu 2018-yilgi hisobotda quyidagi muhim holatlar
alohida qayd etib o‘tilgan:
−
sanoat va eksport tarkibi diversifikatsiyalangan
yuqori daromadli
mamlakatlar innovatsiya yaratilishida etakchi ekanligi;
−
innovatsiyalarning yuzaga kelishida
investitsiyalar muhim ekanligi;
−
inson kapitali darajasi va tadqiqotlar samarasi.
Umuman olganda, 2017-2018-yillarda e’lon qilingan innovatsiyalar
bo‘yicha hisobotda inson kapitali muhim omil sifatida ta’kidlab o‘tiladi. Xususan,
inson kapitali nuqtai nazardan BMT tomonidan e’lon
qilingan inson taraqqiyoti
indeksi bo‘yicha oldingi qatorda bo‘lgan mamlakatlar innovatsion indeksda ham
yetakchi ekanligi ko‘zga tashlanadi. 2018-yilda chop
etilgan hisobotda Xitoyning
tajribasi alohida qayd etib o‘tilgan. Sababi, o‘rta daromadli davlat sifatida yuqori
daromadli dastlabki 30 mamlakatlar qatorida 10-o‘rinda qayd etildi. Bu, albatta,
Dostları ilə paylaş: