263
taqsimlanishi yuzasidan turlicha vazifalar qo‘yilishi mumkin. Ishlab
chiqarishning
umumiy pasayishi va inqiroz davrida korxona foydasi uning zarari bilan
almashinadi va buning natijasida korxona moliyaviy menejerlari oldida foydaning
taqsimlanishi muammosi emas, balki korxonaning yashab qolishi muammosi
turadi. Korxona ishchan faolligining pasayishi davrida (korxona
mahsuloti va
xizmati bo‘yicha talabning taklifga nisbatan pasayishi) ham agar korxona
innovatsion faoliyatni takomillashtirish choralarini ko‘rmasa, yuqoridagi holatga
tushib qolishi mumkin. Albatta, korxona ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi
sharoitida ham ma’lum vaqt ichida foyda olishi mumkin.
Lekin foydaning
taqsimlanishi joriy majburiyatlarni to‘lash xususiyatigagina ega bo‘ladi va sof
foydaning taqsimlanishi uchun imkoniyat qolmaydi.
Foydani taqsimlash nisbatlari haqidagi masala moliyaviy menejmentning
muhim masalalaridan biridir. Shu tufayli korxona faoliyatida, avvalo,
qayta
investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda va sotish hajmining o‘sishini
ifodalovchi ko‘rsatkich o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish lozim. Albatta, bunday
bog‘liqlik mavjud, ya’ni qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda
sotish hajmi o‘sishining funksiyasidir. Qayta investitsiyalash maqsadida
ishlatiladigan
foyda
asosiy
va
aylanma
kapitallarni
moliyalashtirishga
yo‘naltiriladi. Bunda aylanma kapitalning o‘sishi
boshqa teng iqtisodiy
sharoitlarda, mahsulot sotish hajmining o‘sishiga bog‘liq, asosiy kapitalning
o‘sishi faqat uzoq muddatli davrdagina sotish hajmiga bog‘liq. Bundan tashqari,
asosiy kapitalning o‘sishi nafaqat miqdoriy xususiyatga (joriy ishlab chiqarish
maqsadlari uchun), balki sifat xususiyatlariga ham ega (ishlab chiqarishning
yangilanishi uchun), mazkur o‘sish qisqa muddatli davrda ham, uzoq muddatda
ham zarurdirki, bunda korxona mahsulotining iste’mol qiymatining o‘sishi
uchun
moddiy imkoniyatlar doimo mavjud bo‘lishi muhimdir (12.9-rasm).
Shunday qilib, korxona sof foydasining taqsimlanishi qayta investitsiyalash
maqsadida ishlatiladigan (taqsimlanmagan) foydaning hisoblangan miqdoriga
asoslanadiki, uning darajasi moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari orqali
tartibga solinadi hamda taqsimlanadigan foyda miqdori va me’yorini belgilaydi.