Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Smeta xarajatlarining tarkibi, xarajat guruhlari va moddalari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
12.8. Smeta xarajatlarining tarkibi, xarajat guruhlari va moddalari. 
Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish va 
moliyalashtirish tartibi 
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning 
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”
121
bugungi kunda byudjet 
tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini 
belgilab beradi.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat byudjeti xarajatlarining 
 
121
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 19 noyabrda 2157-son bilan ro‘yxatga olingan. 
 


274 
iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4 guruh xarajatlarining 
to‘liq yoyilmasi va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda 
tuziladi. 
Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‘lib, smetaning prognoz hisob-
kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. 
Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida 
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli 
hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga 
tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining byudjetni tuzish tartibi va muddati 
to‘g‘risidagi qarori va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan 
kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida 
ko‘rsatmalar beradilar. 
Buning uchun O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va 
idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga qarashli 
tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradilar va 
xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata-
dilar, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar 
smetasini tuzish masalalari bo‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiradilar, 
byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini albatta qonunchi-
likka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomi, iqtisod qilish tartibiga rioya 
qilish haqida ko‘rsatmalar beradilar, shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda 
blankalarni to‘ldirish texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar. 
Bir vaqtning o‘zida o‘zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-
kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish 
ko‘rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar. 
Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag‘larga 
bo‘lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini va 
iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga 
oshirilishi shart. 


275 
Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining 
qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida 
qabul qilingan qaror va farmoyishlariga; 

byudjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar 
me’yorlariga; 

tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va 
tariflariga. 
Jumladan: 

xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag‘lar qonunchilik bilan 
belgilangan maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, 
amaldagi namunaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. 
Ishbay usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga byudjet 
yiliga xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi

pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, qonunchilikda 
belgilangan ish haqi stavkalaridan va o‘quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf 
rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda 
tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim; 

tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, ish haqi 
stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lash shartlarini hisobga 
olgan holda tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim; 

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda ta’lim oluvchilarning stipendiya 
xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta’minoti tartibidan 
kelib chiqqan holda hisoblanadi; 

mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash 
xarajatlari xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari-
ga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov 


276 
to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi; 

ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 
sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda belgilan-
gan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining 
haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi; 

xo‘jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar 
limitlar doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan 
holda hisoblanadi; 

telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent 
raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisobla-
nadi. Bunda, limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo) so‘zlashuvlar 
uchun aloqa xizmatlari, internet bo‘yicha xizmatlar va boshqa aloqa xizmatlari 
xarajatlari byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari 
bilan kelishilgan holda o‘zlarining faoliyat xususiyatlari va ushbu xizmatlarga 
bo‘lgan talabdan kelib chiqib ko‘zda tutiladi; 

davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarida ovqatlanishga 
ketadigan xarajatlar tashkilotlarning har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish 
kunining o‘rtacha yillik soni va natural me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi; 

dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar qonunchilikda belgilangan pul 
xarajatlari me’yoriga qarab:

statsionarlarda – har bir joy-kunga, shifoxonalarda – har bir vrach qabuliga 
belgilanadi; 

ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, 
poyabzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga 
ketadigan xarajatlarmoddiy ta’minotning me’yorlari asosida, lekin ajratilgan 
mablag‘lar doirasida hisoblanadi; 

suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning 
bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi; 

inspektsiya va qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar to‘lovi xarajat-


277 
lari tashkilotlar va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomaga 
muvofiq aniqlanadi; 

tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish, 
binolar va transport vositalari, shuningdek, boshqa davlat mulklari ijarasi bilan 
bog‘liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib 
aniqlanadi; 

xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan 
vazifalaridan, shuningdek, qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi; 

epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo‘jaligi zararkunandala-
riga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog‘liq 
xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo‘lgan ehtiyojlar, 
shuningdek, bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar, shuningdek, Davlat byudjeti xarajatlarining 
iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko‘rsatkichlar va 
uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxat-
dan o‘tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi. 
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv 
organlari (bosh bo‘linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtiril-
gan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat 
ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha jamlanma xarajatlar smetasi tuziladi. 
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat boshqaruv 
organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat 
bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo‘yicha byudjetdan 
ajratilgan mablag‘larni taqsim qiluvchilar bo‘lib hisoblanadilar. 
Jamlanma xarajatlar smetasi, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbar-
laridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada 
mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
ko‘rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi. 
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning 


278 
tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko‘rsatkich-
lar ro‘yxati bo‘yicha xarajatlarning guruhlari bo‘yicha va ilovalarni hamda smeta-
larga qilingan hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim 
qilinadi. 
Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: 

isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural 
ko‘rsatkichlar; 

sotib olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati; 

kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati; 

o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi; 

qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo‘yicha ishlar hajmi 
va boshqa ko‘rsatkichlar hisobi; 

bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish 
uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi; 

byudjetdan mablag‘lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob-
kitoblar. 
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalte-
riyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib 
chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi. 
Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar 
smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va 
tasdiqlanadi. 
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashki-
lotlarning xarajatlar smetasi tashkilotlar bilan markazlashtirilgan buxgalteriyalar 
bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisodchilari ishtirokida tuziladi. 
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari va 
hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari markazlashtirilgan holda amalga oshirila-
digan xarajatlar bo‘yicha ularning o‘zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tash-
qari, tashkilotning markazlashtirilgan tadbirlari uchun xarajatlar smetasini tuzadi-


279 
lar. Bunda, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari va 
hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir 
necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo‘yicha qo‘riqlash xizmatini to‘lash, 
xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborot-kompyuter tizimiga xizmat ko‘rsatish, 
seminarlar o‘tkazish va boshqalar) bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda
xarajatlar smetasiga har bir to‘lanadigan markazlashtirilgan tadbirlar bo‘yicha 
hisob-kitoblar ilova qilinadi. 
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo‘lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash 
bo‘yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, idoralar hamda tegishli hokimiyat-
larning boshqarmalari, bo‘limlari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga 
haq to‘lash shartlari va faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash tashkilotlarda 
mavjud bo‘lgan xarajatlarining o‘rtacha me’yorlaridan kelib chiqqan holda 
tuziladi. 
Bunda, yangi tashkilotlarni saqlash xarajatlari ushbu tashkilotlar faoliyati-
ning boshlanishi mo‘ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari 
bo‘yicha rejalashtiriladi: 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin