296
−
2017-va 2018-yillarda respublikada uy-joyi bo‘lmagan
yoki avariya
holatidagi va puturdan ketgan uy-joylarda yashovchi har bir tumandan 2 ta, har bir
shahardan esa 5 oilaga 10 yil mobaynida ixtiyoriga olish huquqisiz arzon uy-joylar
xarid qilishda;
−
2017- va 2018- yillarda respublikadagi tumanlarning har biridan 10 ta,
shaharlardan esa 25 ta kam ta’minlangan oilaga turarjoy ta’miri (tomni ta’mirlash,
yangi pol o‘rnatish, derazalarni almashtirish va sh.k.) o‘tkazishda;
−
respublikaning har bir tumani va shaharidan 70 tadan oilaga har yili maishiy
texnika (gaz va elektr pechlar, muzlatkichlar, tikuv mashinalari va sh.k.) yoki bir
bosh yirik shoxli qoramol xarid qilishda;
−
respublikaning har bir tumani va shaharida og‘ir kasali mavjud, davolatish
uchun to‘lov qilishda mablag‘i yo‘qligi aniqlangan o‘rtacha 6
tagacha kam
ta’minlangan oilaga tibbiy xizmatlarini to‘lashda.
PQ-3268-sonli Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi qoshida Jamoatchilik ishlari fondi tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri
hokimliklari bilan birgalikda mamlakatning barcha hududlaridagi, ayniqsa qishloq
joylar va chekka hududlardagi mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarini aholi
punktlarini, mahallalarni, obodonlashtirish bo‘yicha jamoat ishlariga – ariqlarni va
irrigatsiya tarmoqlarini tozalashga, turarjoy-kommunal xo‘jalik obyektlarini
ta’mirlashga,
infartuzilmani yaxshilashga, yo‘llar va ko‘chalar, turarjoy fondi va
unga yondosh hududlarni obyektlarini ta’mirlashga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi
ishlariga keng jalb qilish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Aholining band bo‘lmagan qatlamini mehnatga jalb qilish 2017-yilning 1-
oktyabridan Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahrining
bittadan tumanida tajriba tariqasida, 2018-yilning 1-yanvaridan bosqichma-bosqich
respublikaning barcha tumanlarida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
O‘rnatilayotgan tartibga ko‘ra,
297
−
jamoat ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar ularning Jamoatchilik ishlari
fondi mablag‘laridan olgan daromadi jismoniy shaxslarning daromadidan
to‘lanadigan soliqdan ozod qilinadi;
−
jamoat ishlariga jalb qilinayotgan jismoniy shaxslarning Jamoatchilik ishlari
fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnat haqi yagona ijtimoiy
to‘lovga tortilmaydi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
va Moliya vazirliklariga 2017–2018-yillarda 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan
oilalarga yordam puli va kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam berish
ko‘rinishida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun byudjet
mablag‘larini ko‘paytirish, yordam pullari oluvchi kontingentni mos ravishda 1,5
va 2 barobar kengaytirishni ta’minlash belgilandi. Bu maqsadda Moliya vazirligiga
14 yoshgacha farzand tarbiyalayotgan oilalarga yordam puli va kam ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam to‘lashni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha byudjet
mablag‘lari
ajratish
vazifasi
topshirildi.2018-yilning
22-yanvar
kuni
mamlakatimizning kelgusi istiqbolini belgilashga xizmat qiluvchi yana bir muhim
huquqiy hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5308-
son
Farmoni
bilan
2017-2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
“Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Davlat dasturining “4.1.
Aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish” nomli bo‘limida ushbu
maqsadlar uchun quyidagi chora-tadbirlar belgilangan
127
:
−
ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur
bo‘lgan
daromadlarni
aniqlash
bo‘yicha
«iste’mol
savatchasi»ga
oid
munosabatlarni huquqiy tartibga solish;
127
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik,
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risida”gi PF-5308-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018 y., 06/18/5308/0610-
son.
298
−
davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga
bepul taqdim etiladigan
protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish
hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish;
−
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish;
−
og‘ir
maishiy
sharoitlarda
yashayotgan,
boquvchisini
yo‘qotgan,
nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
2018-yilda mazkur Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga
barcha manbalardan 11239,2 mlrd. so‘m va 1284,9 mln. AQSh dollari hajmidagi
moliyaviy resurslarni sabarbar etish ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash,
uning ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati
cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni
kuchaytirishda
davlat hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Boshqa tuzilmalar va fuqarolik institutlari
mazkur yo‘nalishlardagi davlat tomonidan belgilangan maqsadlarga erishishda
davlatga ko‘maklashadilar. Davlat aholini ijtimoiy himoya qilishning boshqa
institutlari bilan munosabatlarini ijtimoiy sherikchilik asosida yo‘lga qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: