3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017-
yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019-o‘quv
yilida O‘zbekiston Rspublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishgan qabul
qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim
muassasa-
larida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida va O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Devonining 2018-yil 4-apreldagi 5002-xx-sonli topshirig‘ida belgilan-
gan talablar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
shu mazmundagi tegishli
buyruqlarida belgilangan vazifalar ichida oliy ta’lim yo‘nalish(mutaxassislik)lari
o‘quv rejalari fanlariningo‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirib borish alohida
o‘rin tutadi. Fanlarningo‘quv-uslubiy ta’minotining asosini avvalo ushbu
fanlarning o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadigan darslik va o‘quv qo‘llanmalari
tashkil etadi va fanlarni o‘zlashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Yangi
avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga ko‘ra, o‘quv-uslubiy
ta’minot materiallari mazmunan va uslubiy jihatdan tizimlashgan bo‘lishi, tarkibiy
komponentlarining o‘zaro uzviyligi ta’minlanishi hamda ta’lim oluvchi o‘z
qobiliyatini namoyish etishiga yordam berishi zarur.
Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish
ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Bu borada davlat moliyasini boshqarish
tizimidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan
qator chora-tadbirlar,
davlat
moliyasning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallab
turganligidan dalolat beradi. Shu ma’noda etiboringizga
taqdim etilayotgan
darslikda davlat moliya munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy asoslari, davlat
4
moliyasini boshqarish, tartibga solish masalalari, davlat
byudjeti daromadlari va
xarajatlari tizimi, davlat moliyasining holatlari va byudjet taqchilligi, turli soha va
tarmoqlardagi davlat korxonalarini tashkil qilish asoslari, shuningdek, davlat
moliyaviy nazoratini tashkil qilish masalalari fanning o‘quv dasturiga kirgan
mavzular doirasida bayon qilingan.
Oliy ta’limning “Moliya”, “Kasb ta’limi” (“Moliya”), “Korporativ moliya”
kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu
o‘quv adabiyotining davlat moliyasi bo‘yicha nazariy
bilimlarni egallashlarida
boshqa ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga ham ishonchli yordamchi
bo‘ladi hamda oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilari uchun dasturul amal
bo‘lib xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
Darslikning yaratilishiga hissa qo‘shgan barcha professor-o‘qituvchilarga
hamda taqrizchilar – i.f.d., prof. T.Malikov va DSc, prof. D.Po‘latovga o‘z
minnatdorchiligimizni
bildiramiz, shuningdek, darslikning shakli va mazmunini
yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.