Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

1.2.
 
Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar 
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
rivojlanishi uchun samarali faoliyat yuriyuvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va 
mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, 
iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va 
institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o‘z fuqarolari-
ning yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish 
vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda, davlatning asosiy 
funksiyalari quyidagilardan iborat (1.1-rasm): 
 
1.1-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari
Davlat yuqorida bayon qilingan o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi 
shuningdek, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik 



maqsad va vazifalarni amalga oshirishi uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy 
resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i obyektiv zaruriyatdir. 
Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi 
davlat moliyasining
mavjud 
bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi. 
 
1.3. “Davlat moliyasi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
“Davlat moliyasi” fani asosiy ixtisoslik fani bo‘lib hisoblanadi. Dasturni 
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishni talab etadi. 
Davlat moliyasining asosiy bosqichi bo‘lgan byudjet ijrosida va pul 
mablag‘laridan samaral ifoydalanishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Davlatning 
funktsiya va vazifalari ijrosini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat moliyasi 
tarkibiga kiruvchi byudjetlar daromadlar qismini to‘liq va o‘z vaqtida 
shakllantirish, shakllantirilgan pul fondidan samarali foydalanishga erishish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun davlat moliyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotning 
erkinlashuvi sharoitida davlat moliya tizimidagi islohotlar, ya’ni davlat byudjeti 
g‘azna ijrosining joriy etilishi byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli 
foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Talabalarning “Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning 
ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik 
texnologiyalarni 
tadbiq 
etish 
muhim 
ahamiyatga 
egadir. 
Fanni 
o‘zlashtirishdadarslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma 
materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulot 
darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 
Shuningdek, fanni o‘zlashtirish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalangan 
holda byudjet ijrosining amalga oshirilishi jarayoni bilan bog‘liq kompyuter 


10 
dasturlari bilan tanishadilar. Fanning ba’zi mavzularini yoritishda audio va 
videotexnikadan foydalaniladi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin