Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Davlat moliyasining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
2.2. Davlat moliyasining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va 
ahamiyati
Davlat moliyasini tashkil etish va ishlash tamoyillarini belgilab olish muhim 
metodologik omil sanalib, bu iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlarini 
rivojlantirishga moliyaning ta’sir yo‘nalishlarini aniqlash, ularni ishlash 
mezonlarini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Davlat va mahalliy moliya axborot oqimlariga tayanadi. Hukumat qarorlarini 
qabul qilish axborotlar majmuiga asoslangan. Kelib tushayotgan axborotlar tahlili 
 
2
И.Н.Мысляева Государственные и муниципиальные финансы .-М.:Инфра-М, 2013.-С.393
3
Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы/Система государственного и 
муниципального управления: Учебник для студентов вузов, обучающихся по специальностям 
“Государственные и муниципальные финансы’, ‘Юриспруденция’, ‘Политология’ - 2-е изд., перераб. и доп. 
(ГРИФ) /Мухаев Р.Т. ; Мухаев Р. Т. ; 2009; Юнити-Дана 


14 
qaror qabul qilish vaqtida ham, uni bajarish jarayonini nazorat qilishda ham 
muhimdir. Ushbu axborotlar tezkor va statistik hisobotlarda, shartnoma va 
bitimlarda, hisoblashish hujjatlari va boshqalarda mujassam bo‘ladi. 
Davlat moliyasi aniq maqsadli yo‘nalishga ega. Ular jamiyatning alohida 
qatlamlarining muayyan ijtimoiy-siyosiy manfaatlariga ta’sir qiladi. Biroq o‘zining 
barcha jihatlariga ko‘ra ular davlat va mahalliy vazifalarni hal etishga 
yo‘naltirilgan. 
O‘tgan ming yillar davomida inson tafakkuri insonning yashash maqsadi va 
riqojlanish tendentsiyalari bo‘yicha nazariyalar turlicha bo‘lgan. Ma’lum bir 
shaxslar taraqqiyotni umumiy jamiyatda, boshqalari kommunizmda yan kimlardir 
narigi dunyo masalalarida va boshqalarda ko‘rgan. Jamiyat rivojlanishining va 
inson taraqqiyotining bugungi bosqichida ma’lum buldiki, inson hayotining 
mohiyati borliqda,taraqqiyotda va takror ishlab chiqarishga bog‘liqdir.
D. Karnegin aytganidek, har bir normal shaxs sog‘lom bo‘lishni, oziqlanishni, 
uyqu va dam olishni, pul va pulga sotib olinadigan predmetlarni, narigi dunyodagi 
yaxshi hayotni, his-tuyg‘ularni, o‘z farzandlarining muvaffaqiyatlarini, o‘zining 
kerakli inson sifatida his etishni va boshqalarni istaydi. 
Har bir shaxs (bola va katta yoshdagi shaxs, ayol va erkak, boy va kambag‘al, 
bog‘bon va prezident) ob’ektiv ravishda beshta guruhga bo‘linganehteyojga ega 
bo‘ladi: 
1.
Moddiy ehtiyoj(oziq-ovqat, kiym-kechak, uy-joy, muhit); 
2.
Sensor ehtiyoj (his-tuyg‘u, turmush qurish); 
3.
Taraqqiyot ehtiyoji (o‘qish, o‘rganish) 
4.
Ma’naviy va madaniy ehtiyojlar (kino, san’at, adabiyot) 
5.
Ijtimoiy ehtiyojlar (o‘zini anglash, boylik, boshqaruvchilik) 
Ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlari, va jamiyat 
taraqqiyotiga qarab o‘zgarib turadi va har doim mavjud bo‘ladi. Ehtiyojlar 
shaxsning fiziologik organizm sifatida mavjud bo‘lishini, inson shajarasining 


15 
mavjud bo‘lishini, o‘rab turgan ijtimoiy muhitda o‘zini anglashni va takomillashib 
borishini ta’minlaydi. 
Inson ehtiyojining asosiy qismi, ayniqsa fiziologik qismi individual ravishda 
hayot boyliklarini (oziq-ovqat, uy-joy va boshqalar) mustaqil o‘zlashtirish asosida 
qanoatlantiriladi. Shuningdek, birlamchi ehtiyojga ega bo‘lgan shunday ehtiyojlar 
borki, ular: 
-
birinchidan, har bir shaxsga birdek zarur,
-
ikkinchidan, bajarilishi shart bo‘lgan,
-
uchinchidan, ma’lum bir to‘lovlarni talab etadi. 
Ularga avvalo insonning yashash huquqi kiradi. Albatta ushbu ehtiyoj ma’lum 
bir subyektlar va organlar orqali tartibga solinadi. Ushbu xizmatlar avvalo ma’lum 
bir to‘lovlarni talab etadi. Boshqa tomondan olib qaralganda inson dunyoga xech 
kanday boyliksiz va xech nimasiz keladi. Bozor munosabatlari sharoitida pul 
barcha tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanadi. Bu sharoitda 
inson uchun asosiy faoliyat ko‘proq pul topish ilinji yotadi. Pul miqdori kanchalik 
ko‘p bo‘lsa, inson ehtiyoji shuncha ko‘p va to‘liqroq qoplanishiga yordam beradi 
va uning prestiji ortib boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolar va jamiyat himoyasi, huquq tartibotni 
ta’minlash davlatning mavjud bo‘lishini talab etadi. Bundan esa, pul mablag‘larini 
shakllantirish va ularni sarf etish barcha iqtisodiy subyektlar: shaxs, jamoa va 
davlatning asosiy, ob’ektiv va birinchi darajali vazifasiga aylanib boradi. 
 
Davlat moliyaviy resurslarini mavjud bo‘lishining eng muhim ob’ektiv 
omillaridan biri – bu davlatni o‘z funktsiyalarini amalga oshirish uchun muayyan 
miqdorda moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Davlat 
ixtiyoriga kelib tushadigan va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadigan moliyaviy 
resurslar asosan quyidagi yo‘llar bilan: soliqlar, bojxona va davlat bojlari, maqsadli 
jamg‘armalar, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar, yer osti tabiiy boyliklarini 
realizatsiyasidan 
tushgan 
mablag‘lar 
va 
boshqalardan 
shakllanadi. 
Markazlashtirilgan moliyaviy resurslar asosan davlat byudjetida mujassam bo‘ladi. 


16 
Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyat iqtisodiy hayotida oborotda bo‘ladigan
moliyaviy resurslar ikki xil tartibda – byudjet tizimi va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar (shu jumladan aholi) orqali harakatda bo‘ladi. Byudjet tizimida 
oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar tabiatan ikkilamchi moliyaviy resurslar 
hisoblanib, ular milliy daromadni qayta taqsimlanishidan yuzaga keladi. Shu 
jihatidan ham ularni ikkilamchi moliyaviy resurslar deb atash mumkin. 
Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni bajarish 
uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan davlat 
moliya tizimining muhim sohasidir. Iqtisodiy funktsiyasi jihatidan davlat moliyasi 
– bu ijtimoiy mahsulot qiymati va milliy boylik qismini taqsimlash va qayta 
taqsimlash bo‘yicha pul munosabatlaridir. Mazkur pul munosabatlari quyidagilar 
bilan bog‘liq: 
1) davlat va uning korxonalari tasarrufida moliyaviy resurslarni shakllantirish 
bilan; 
2) davlat mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari uchun 
sarflash; 
3) o‘sib borayotgan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar, davlat mudofaasi, 
boshqaruv ehtiyojlarini qondirish bilan. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin