39
hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash va boshqa shu kabi davlat
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi.
Markazlashmagan moliya
xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklariga tegishli
pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni
aks ettiradi. Bu sub’yektlarning ixtiyorida barcha majburiy to‘lovlarni to‘lab
bo‘lgandan keyin qolgan daromad(foyda)dan ishlab chiqarish ehtiyojlarini hamda
xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan turli xil
fondlar tuziladi. Bu fondlarning mablag‘lari
asosiy vositalar va aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va joriy
etishga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va shu kabi markazlashmagan
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi. Yuqorida bayon qilinganlar asosida
shuni xulosa qilish mumkinki, davlatning ixtiyorida (davlat byudjeti va davlatning
maqsadli fondlarida) markazlashgan tarzda shakllangan moliyaviy resurslar
markazlashgan fondlarni
, xo‘jalik sub’yektlari tasarrufida shakllangan resurslar
esa
markazlashmagan fondlarni
tashkil qiladi.
Shunday qilib,
moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish mexanizmiga
ko‘ra
moliya tizimining uchta muhim
sohasini
ajratib ko‘rsatish mumkin:
•
davlat moliyasi;
•
korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan xo‘jalik
sub’yektlari moliyasi;
•
uy xo‘jaliklari moliyasi.
Davlat moliyasi tizimining tarkibiy tuzilishini
quyidagicha tasvirlash mumkin
(4.2-rasm):
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning
va uning mulkidagi
davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan
ijtimoiy-madaniy
ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat
boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq
40
bo‘lgan, yalpi ichki maxsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash
asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.
Dostları ilə paylaş: