41
shaxslarning soliqlari va majburiy to‘lovlari evaziga shakllanadi va davlatning turli
vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Davlat byudjeti davlatning qonun kuchiga ega bo‘lgan asosiy moliyaviy
rejasi hisoblanadi. Byudjet hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan
tasdiqlanadi.
Davlat moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan yana biri –
davlatning
byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari
bo‘lib, ular jamiyatning ayrim
ehtiyojlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan
moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish shakli hisoblanadi. Bu fondlarning
asosiy tayinlanishi maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa qator manbalar
hisobidan davlatning aniq maqsadli tadbirlarini moliyalashtirishdan iborat.
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning turlari, maqsadli tayinlanishi,
ularga
egalik qilish huquqi, amal qilish davomiyligi turlicha bo‘lishi mumkin. U
yoki bu fondni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishda davlat va jamiyat taraqqiyoti
oldida turgan vazifalarning ustuvorligi muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalashgan fondlar davlat maqsadli
jamg‘armalari deb ataladi. Bu fondlarning xususiyati shundaki, davlat byudjetida
defitsit yuzaga kelganda ularning ijbiy qoldig‘i byudjet defitsitini qoplashga
safarbar etilishi mumkin. Shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning joriy
faoliyatida kassaviy uzilishlar bo‘lgan hollarda davlat byudjetidan byudjet
dotatsiyalari berilishi yoki boshqa shakldagi moliyaviy yordam ko‘rsatilishi
mumkin.
Davlat krediti
– davlat bilan (uning hokimiyat va ijroiya organlari timsolida)
yuridik va jismoniy shaxslar,
xorijiy davlatlar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari
o‘rtasidagi muddatlilik, qaytishlilik va to‘lovlilik asosida pul mablag‘larining
harakati bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Bu munosabatlarda
davlat qarz oluvchi, qarz beruvchi (kreditor) yoki olingan (berilgan) qarzlar
bo‘yicha garant (kafil) sifatida ishtirok etadi.
42
Davlat korxonalari moliyasi
davlat moliyasining o‘ziga xos bo‘g‘ini bo‘lib,
bunda u YaIMning birlamchi taqsimotida bevosita ishtirok etadi. Davlat korxonasi
ustav
kapitalining
shakllanishida
byudjet
mablag‘lari,
boshqa
davlat
korxonalarining badallari, markazlashgan fondlar va vazirliklar, mahkamalar,
uyushmalar qoshida tuziladigan rezervlari asosiy moliyaviy manba bo‘lib
xizmat
qiladi.
Mamlakatning
moliya
tizimida
davlat
byudjeti
markaziy
o‘rin
egallaydi.Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali davlatning qo‘lida
katta hajmdagi moliyaviy resurslar to‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlatmanfaatlariniinobatga olgan
holda ustuvor yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita
bo‘lib xizmat qiladi. Ustuvor yo‘nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida
moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi
mumkin. Ayrim hollarda iqtisodiyot yetakchi tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan
rivojlanishini
ta’minlash
maqsadida
byudjet
ajratmalarining
hajmi
oshiriladi.Boshqa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni davlat byudjetiga
olishda qulay sharoit yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlari
rivojlanishida asosiy
manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida
milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo
bo‘lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Faoliyat
ko‘rsatayotgan
subyektlarning
moliyaviy
barqarorligini
ta’minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli obyektiv va subyektiv
omillarning ta’siri ostida ayrim subyektlarning o‘z moliyaviy resurslari ularning
sog‘lom faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb
qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi
manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollarning barchasida
davlat byudjeti mablag‘lari subyektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi
43
resurslar, bank kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida
foydalaniladi.
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
−
moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi talabni
kelgusi byudjet yilida
byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
−
moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud byudjet
resurslarini bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li bilan qondirish. Bunday
imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning o‘zlariga taqdim
etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi
bilan izohlanadi;
−
qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va
boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan
qaytaqurollantirishda
alohida
ahamiyatga
ega.
Byudjetdan
iqtisodiyotga
qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng
avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (ta’lim,
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot)
xarajatlarini
moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, davlat hokimiyati organlari,
boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish
organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash
kabi vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining
ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: