Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Yangi klassik nazariyalarning moliyaviy jihatlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

3.5. Yangi klassik nazariyalarning moliyaviy jihatlari 
 
Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada 
rivojlangan bo‘lishiga qa-ramasdan keynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga 
muvofiq rivoj-lanishda davom etmoqda. 1970 - yillarda postkeynschilar yo‘nalishi 
shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQShda X.Minskiy, R.Klauer, 
Buyuk Britaniyada – N.Kaldor, G.Shekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu 
yo‘nalish ham yangi keynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy 
qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkeynschilar nazariyasining asosini hamon 
moliya mexanizmi yordamida davlat aralashuvini kengaytirish g‘oyasi yot-moqda. 
Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog‘i va u monopoliyalar faoliyatini 
cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim. 
“Daromadlar siyosati”da ular sotsial islohotlarni amalga oshirish va sotsial 
muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga chiqmoqdalar. Ularning 
fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish metodi bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz 
tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig‘ini iste’mol solig‘i bilan almashtirish 
g‘oyasini rivojlantiradi. U iste’mol solig‘ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga 
sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida talqin qiladi. 
Uning nazarida, bu chora jamg‘arishni rag‘batlantirishi va inflyatsiya darajasini 
pasaytirishi mumkin. 
N.Kaldorning fikri G‘arb olimlari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanildi. 
Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadi-gan yagona soliqqacha 
soddalashtirish tarafdori bo‘lib, fuqarolar-ning faqat iste’mol xarajatlari soliqqa 
tortilishi kerak. 
XX yuz yillikning oxiri va XXI yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit 
holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi 


34 
amaliy faoliyatni afzal ko‘rmoqda. Bir vaqtning o‘zida esa, amerikalik mashhur 
olimlar K.R. Makkonnell va S.L. Bryular o‘zlarining “Ekonomiks. Printsiplar, 
muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan, 
resurslar esa (kapital, er, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha
cheklangan. Shuning uchun ham, iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning 
darajasi turlicha bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish 
doimiy ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga yo‘naltirilgan 
fiskal siyosatni qo‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni 
o‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan transfert to‘lovlari 
va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan 
muvozanatni ta’minlashi mumkin. 
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli maktablar o‘rtasida 
doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bo‘lishiga qaramasdan, 
konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida 
qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz 
nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng 
avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo‘lgan moliya-kredit-pul mexanizmiga 
tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatish 
uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar, 
so‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish 
instrumentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin. 
Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy 
xulosalar chiqarishga imkon beradi: 
-
moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir 
qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi; 
-
moliyaviy kontseptsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro va 
mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaktsiyasidir yoki ma’lum hukmron sotsial 
guruhlar buyurtmasining bajarilishidir; 


35 
-
xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g‘oyalari iqtisodiy o‘sishning 
etarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda 
jamiyatga yordam beradi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin