Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Neokeynschilar nazariyalarining moliyaviy jihatlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

3.4. Neokeynschilar nazariyalarining moliyaviy jihatlari 
J.M. Keynsning izdoshlari o‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga 
dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy o‘sish nazariyasini 
yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari 
(AQShdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyuk Brita-niyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, 
A.Pikok; Frantsiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) 
tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy kontseptsiya muhim o‘rin egallaydi. Ular 
fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga etkazdilar. Bu nazariyaning 
mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat 
daromadlari va xarajatlaridagi o‘zgarishlarga borib taqaladi. 
Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli 
moliyalashtirish” g‘oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining o‘sishini 


31 
inobatga olmagan (davlat qarzlarini o‘sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat 
katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik ahamiyat kasb etgan 
katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi-olimlarning ma’lum bir guruhini, 
shu jumladan, Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.Myurdal va boshqalar), 
byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari 
“byudjetni tsiklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini 
iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq 
iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o‘sish 
davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya 
etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga 
solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag‘lari 
iqtisodiyotning o‘si-shi davrida to‘ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqa-
rishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan. 
Xo‘jalikni rag‘batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan 
faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning talablari “tizilgan byudjet 
stabilizatorlari” nazariyasida o‘z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning 
asosida “soliq stabilizatorlari” to‘g‘risidagi keynscha qarashlar yotgan edi. J.M. 
Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” tsiklik tebranishlarni tartibga solib, 
ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir o‘zgaruvchanlikni ta’minlab, 
avtomatik tarzda amal qi-lishi kerak edi. Neokeynschilar uni “boshqariluvchan 
stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda 
davlatning doimo o‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to‘ldiradilar. 
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda yangi keynschilarning nazariyalari 
bilan bir qatorda davlat tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbir-
korlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham jonlandi. Yangi 
mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQShda R.Slou, J.Kenrik; Buyuk 
Britaniyada – A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi asosiy 
printsipini himoya qilib, bir vaqtning o‘zida maorif va fanga sarf qilinadigan 
xarajatlar salmog‘ini oshirish orqali ularning tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirib, davlat 


32 
xarajatlari umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdek
“inson kapitaliga investitsiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir vaqtning o‘zida, 
soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va defitsitsiz byudjetga erishilishi 
talab qilindi. 
Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi va inflyatsiya 
tendentsiyalarining kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik 
yuklatilgan keynschilik va yangi keynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya 
bordi. Ana shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif 
iq-tisodiyoti” nazariyasini ishlab chiquvchi yangi konservativ yo‘nalish (AQShda – 
G.Steyn, M.Ueydenbaum; Buyuk Britaniyada – J.Xau, A.Uolters) ajralib chiqdi. 
Bu yo‘nalishning moliyaviy kontseptsiyasi iqtisodiy o‘sishning jamg‘armalar va 
jamg‘arma bilan belgilanishiga asoslanadi. Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda 
investitsiyalarning etarliligini ta’minlash uchun jamg‘armalarni shakllantirishda 
etarli shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning moliya tizimiga ilmiy-
texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o‘sishni 
uzoq muddatli rag‘batlantirishni ta’minlash biriktirildi. Umumiy tarzda, bu 
jarayonlarda davlatning ishtiroki minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining 
ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi” funktsiyalarini berish bilan 
cheklanishni taklif etdi. 
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida 
soliqlarga faxriy o‘rin ajratilgan. Uning vakillari – soliqlarni qisqartirish tarafdori. 
Biroq soliqlarni antitsik-lik kon’yunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida 
qaragan keynschilardan farqli o‘laroq, ular jamg‘armalar va investitsiyalarning 
yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini 
pasaytirishni talab etdilar. 
Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq kontseptsiyasi ham keng tarqaldi. 
U, grafik model asosida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o‘sishning 
sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990 


33 
yillarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islo-
hotlarining negizini tashkil qildi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin