Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi
xo‘jalik subyektlari moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Ularning asosiy 
faoliyati tijorat foydasini olishga emas, balki jamiyat a’zolarining turli-tuman 
ijtimoiy (ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa) ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu tashkilotlar o‘zining notijorat faoliyatini amalga 
oshirish chog‘ida tijorat faoliyati bilan ham shug‘ullanishi mumkin, lekin aksariyat 


44 
hollarda ushbu faoliyatdan olingan daromadlar ularning nizom faoliyatini 
to‘laqonli bajarishga yo‘naltiriladi. Ularga ijtimoiy-madaniy sohaning keng 
tarmoqli muassasalari (bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, poliklinikalar, 
qishloq vrachlik punktlari, bolalar va nogironlar uylari), turli darajadagi davlat 
boshqaruvi organlari, milliy xavfsizlik, ichki ishlar, jamoat tartibini saqlash 
muassasa va tashkilotlari, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot organlari kiradi. 
Odatda bu tashkilotlarning aksariyati davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarni 
ko‘rsatadi (bu xizmatlar jamiyatga bepul ko‘rsatiladi), bu esa ular moliyasining 
xususiyatlarini belgilab beradi, ya’ni ular moliyaviy resurslari manbalari ichida 
davlat mablag‘lari (davlat byudjeti va davlat maqsadli fondlari) asosiy o‘rinni 
egallaydi. Lekin bozor sharoitida notijorat tashkilotlari moliyaviy resurslarining 
manbalari nobyudjet va nodavlat manbalar (pullik xizmatlar ko‘rsatish, bino va 
inshootlar ijarasidan tushumlar, homiylik va hayriya yordamlari, imtiyozli 
kreditlar, grantlar va boshqalar) evaziga kengayib bormoqda.
Jamoat tashkilotlari moliyasi 
siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, fan, 
madaniyat, din, ekologiya va hayotning boshqa sohalarida o‘z huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida 
fuqarolarning erkin birlashishi asosida tashkil topgan ixtiyoriy tuzilmalar - jamoat 
birlashmalari moliyasidir. Jamoat tashkilotlariga kasaba uyushmalari, siyosiy 
Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin