302
tilsa,
ikkinchi tomondan, odamlar bu bilimlarni qanchalik ko‘p iste’mol qilsalar,
shunchalik ko‘p mahsulot hajmi ortadi. Ya’ni bilimlarni pirovard iste’molchilarga
yetkazadigan
olimlarning ham, uni iste’mol qiladigan odamlarning ham ishi
muhimdir”
131
.
14.1-rasm. Jahonbankiekspertlarifikricha,
bilimlargaasoslanganiqtisodiyotningtarkibiyqismlari
132
Bilimga asoslangan iqtisodiyot infratuzilmasiga iqtisodiy o‘sishni ta’minlay-
digan quyidagi omillar kiradi:
−
yuksak turmush sifatini amalga oshiradigan samarali davlat institutlari;
−
yuqori sifatli ta’lim, samarali ilm-fan;
−
samarali ilmiy-texnikaviy venchur biznesi;
−
yuqori sifatli inson kapitali;
−
bilimlar va yuqori texnologiyalarning yaratilishi;
−
axborot jamiyati yoki bilimlar jamiyati.
Hozirgi vaqtda faqat AQSH hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo
ayrim
davlatlarning iqtisodiyotini “bilimga asoslangan iqtisodiyot” deb atash mumkin.
Jahonning ushbu taraqqiy etgan davlatlari olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy
g‘oyalarni tovarlar va mahsulotlarga tez va samarali aylantirish uchun eng maqbul
shart-sharoitlarni yaratdilar.
Bevosita ilmiy tadqiqotlar, inson kapitaliga
131
Макаров В.Л. Экономика знаний: уроки для России // Вестник
Российской академии наук, 2013, №5.-
С.73.
132
Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2013. – B.497.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot
Ta’lim
Innovatsion
Dostları ilə paylaş: