14.3. Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini
oshirish
XXasrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlangan mamlakatlar milliy
iqtisodiyotining
o‘sishi
ahamiyatli
darajada
innovatsiyalar
natijasida
ta’minlanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya va Germaniyada
innovatsiyalarga har yili mamlakat YAIMining 2,5-2,8 foizi, Fransiya va Buyuk
Britaniyada – 2,3-2,4 foizi yo‘naltiriladi.
Jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, barqaror iqtisodiy
o‘sishga erishish uchun iqtisodiyotda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi
korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash kerak boladi. Bunga ayniqsa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim
ahamiyatga ega.
Transmilliy kompaniyalarning global ishlab chiqarish, daromad me’yori va
hajmini ko‘paytirishga intilishi investor mamlakatlar uchun kapitalni chiqarishda
asosiy
harakatlantiruvchi
kuch
hisoblanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalarni qabul qiluvchi retsipiyent mamlakat uchun esa investitsiyalarni
jalb etishdagi asosiy motiv – bu iqtisodiy rivojlanish uchun ichki resurslar yoki
mablag‘larning cheklanganligidir. Retsipiyent mamlakat uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
313
xorijiy investitsiyalarning asosiy ahamiyati quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini
topadi:
−
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kapital to‘planishining qo‘shimcha
manbasi sifatida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtiradi va iqtisodiyotni tarkibiy
qayta qurishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
−
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi boshqa shakldagi kapital importi,
ya’ni portfel investitsiyalar va bank ssudalarining kirishini rag‘batlantiradi;
−
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi ular ishtirokida tashkil etilgan
korxonalarning eksport va import operatsiyalari hisobiga mamlakat tashqi iqtisodiy
faoliyatini rag‘batlantiradi;
−
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi mamlakatga yangi texnika va
texnologiyalar kirishini rag‘batlantiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali yuqori
malakali ishchilarga bo‘lgan talabni oshiradi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga
investitsiyalarni jalb qilish va shu asosda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha ko‘p mamlakatlarda turlicha yondashuvlar mavjud, biroq ular bir-biridan
jiddiy farq qilmaydi. Bu davlatlarda innovatsion iqtisodiy siyosatni amalga oshirish
maqsadlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
−
rivojlanish jihatidan orqada qolayotgan mintaqalarda iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash;
−
markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining katta qismini mahalliy boshqaruv
tizimi zimmasiga yuklash;
−
yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishning to‘planishini cheklash;
−
yangi o‘zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va
ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanish modeli va xorijiy
investitsiyalarni jalb etish tajribasi O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi xususiyatlar undagi demografik
vaziyatning o‘ziga xosligi, qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi yuqori ahamiyati,
314
qayta ishlash sanoatining kam taraqqiy etganligi, uning agrar-industrial mamlakat
ekanligi, o‘ziga xos ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tafsiflanadi.
Bu mamlakatning innovatsion iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishda erishgan yutuqlari esa ko‘p jihatdan uning mintaqalarida qulay nvestitsiya
muhitining yaratilganligiga bog‘liq. Xitoyda ishchi kuchi qiymatining arzonligi,
yerdan foydalanish, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital uchun keng ko‘lamli
imtiyozlar, ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning rivojlanganligi va boshqa xolatlar bu
mamlakatning so‘nggi yillar ichida xorijiy investorlar uchun kapital kiritish obyektiga
aylanishiga olib keldi.
Xitoyda shakllangan boj belgilash tartibi, rivojlangan tashqi iqtisodiy aloqalar
va valyuta qonunchiligi xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga qulay imkoniyatlar
yaratdi.
Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida
ahamiyatga ega. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan uzoq muddatli mintaqalarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya
tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga
qo‘shildi.
Yaponiyaning investitsiya siyosati yer va tabiiy resurslarning cheklanganligini,
kishilar faoliyatini tabiiy sharoitlarga moslashtirish zaruriyatini, mamlakat turli
hududlari aholisining turmush darajasidagi farqlarni kamaytirish talablarini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning maqsadga muvofiq
mexanizmini izlab topishda nisbatan qisqa davr mobaynida iqtisodiy rivojlanishda
ulkan natijalarga erishgan rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan
mamlakatlar tajribasi alohida diqqatga sazovordir. Jahonning rivojlangan
davlatlaridan farqli ravishda, bu mamlakatlar tajribasi shunisi bilan qiziqish
uyg‘otadiki, ular avvalda rivojlanish darajasi bo‘yicha O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan
holda, faol investitsiya siyosatini amalga oshirishda katta ijobiy natijalarga erishdilar.
Xitoyda investitsiya siyosati islohotlari va bozor mexanizmlari iqtisodiy
rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha amalga oshirildi, iqtisodiyotning “qizib”
315
ketishi bosqichida tartibga solishning ma’muriy metodlaridan ko‘proq foydalanildi.
Xitoy “iqtisodiy g‘aroyiboti” bir qancha tayanch momentlarga asoslanadi: qishloq
xo‘jaligini isloh qilish, soliqlarni kamaytirish, davlat xarajatlarini qisqartirish, erkin
iqtisodiy hududlarni tashkil etish (eksportni erkinlashtirish). Xitoy ma’muriyati hali
jahon iqtisodiy amaliyotida kuzatilmagan soliq yukini - 1979 yildagi YaIMga nisbatan
30,4 foizdan 1996 yilda 10,3 foizgacha kamaytirishni amalga oshirdilar. Bu salbiy
makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelmadi, chunki shu vaqtning o‘zida barcha davlat
xarajatlari 36,4 foizdan 13,1 foizgacha qisqarib bordi
142
.
Xitoy investitsiya siyosatining vositalaridan biri bu investitsiyalarga soliqlardir.
Bu vosita orqali hukumat kapital qurilishning me’yordan ortiq o‘sib borishiga qarshi
kurashdi. Biroq, agar korxonalar texnologik modernizatsiyalash uchun ichki bozordan
jihozlarni sotib oladigan bo‘lsa, ular yalpi foydaning 40 foiziga to‘lanadigan soliqdan
ozod bo‘lish imtiyozidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
90-yillar oxirlarida, YAIMning o‘sish sur’atlari tushib ketganida hukumat
davlat g‘azna majburiyatlarini emissiya qilish orqali investitsiya faolligini
rag‘batlantirishga kirishdi. 1998-2002-yillar mobaynida mazkur vosita yordamida
80,5 mlrd. AQSH doll. jalb qilindi, ya’ni, irrigatsiya inshootlarini, avtomobil
yo‘llarini, aeroportlar, don saqlash omborlarini qurishga, o‘rmonlarni yaratish va
qisman davlat korxonalarini modernizatsiyalashga sarflandi.
Hindiston investitsiya siyosati samaradorligi to‘g‘risida 4,1 ga teng bo‘lgan
global raqobatbardoshlikning yuqori indeksining (Yegipet, Xorvatiya va Chexiya
darajasi), va shuningdek so‘nggi yillarda tayyor maxsulotlarning ¾ qismini tashkil
etuvchi eksport tarkibining yaxshilanishi dalolat beradi.
Iqtisodiy va investitsiyaviy faollikning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha Hindiston
dunyoning rivojlanayotgan davlatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
YAIMning o‘rtacha o‘sish sur’atlari 2000-2004-yillarda (jahondagi rivojlanayotgan
davlatlar bo‘yicha 4,5 foiz darajasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan) 5,7 foizni,
yalpi investitsiyalar esa (5,2 foizga nisbatan) 7,7 foizni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |