320
sig‘imkorlikka asoslangan raqobatbardoshlikni ta’minlab beruvchi mahsulotlar
ishlab chiqarishni talab etadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
21-sentyabrdagi “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli farmonining
qabul qilinishi mavjud muammolarning bartaraf etishga qaratildi. Mazkur
farmonda bir qator muhim yo‘nalishlar belgilab berildi. Iinovatsiyalarni
moliyalashtirish mexanizmi
va hajmini optimallashtirish, inson kapitalini
rivojlantirish kabilar shular jumlasidandir.
2021-yilga
qadar
tadqiqotlarni
davlat
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtirishda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,8 foizga etkazish belgilangan.
Hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkichning 0,3 foiz ekanligini inobatga olsak, uning 0,5
foiz punktga oshirilishiga keyingi ikki yil davomida erishilishi sohada keskin
moliyaviy o‘zgarishlar bo‘lishiga ishora bo‘lmoqda.
Innovatsion indeksda etakchi mamlakatlar qatorida bo‘lgan davlatlarda 1,5-2
foiz, ba’zilarida 3-3,5 foiz atrofida ekanligini kuzatish mumkin. Shu nuqtai
nazardan, bu sohada nafaqat byudjet mablag‘lariga tayanish,
balki byudjetdan
tashqari mablag‘lar jalb etishda xususiy biznes vakillari manfaatdorligini oshirish
o‘zining samarasini beradi, deb hisoblaymiz.
Innovatsiyalarning yuzaga kelishi bilimlar hamda ularni amaliyotga qo‘llash
bilan bevosita bog‘liq ekanligi markaziy o‘rinni egallaydi. Bizningcha, yangi
g‘oyalarni innovatsiyalar sifatida qabul qilish uchun innovatsiyaning o‘lchov
mezonini aniqlash va uni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega, deb
hisoblaymiz. Bu albatta innovatsiyalarni hayotga tatbiq
etish uchun iqtisodiy
baholashga shart-sharoit yaratadi.
Innovatsion faoliyatga asoslangan o‘zgarishlar asosida iqtisodiy o‘sish va
rivojlanishni farqli jihatlarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, iqtisodiy
o‘sish – ma’lum davr mobaynida ishlab chiqarish va iste’molning ko‘payishi
o‘zaro uyg‘unlikda yuz berishini qayd etadi. Iqtisodiy rivojlanishni esa, ma’lum bir
innovatsiya asosida iqtisodiy o‘zgarishning yuzaga kelishi bilan izohlab beradi.
321
Shuningdek, innovatsiyalar orqali ishlab chiqaruvchilar samarali raqobat
ustunligiga ega bo‘lishi mumkinligini alohida qayd etib o‘tadi.
Innovatsiyalarga iqtisodiy rivojlanishga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shish
bilan birga, birinchidan, innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larning
asl nusxalari
yaratuvchida qolib, iste’molchiga uning nusxasi sotiladi. Ikkinchidan, cheklangan
resurslar sharoitida cheklanmagan inson salohiyati resursidan foydalanish imkoni
shart-sharoit yaratiladi. Natijada, innovatsion faoliyatning
rentabellik darajasi
sezilarli darajada ortib, ilmiy sig‘imkorlik oshib borgan sari tannarxning kamayib
borish tendentsiyasi yuzaga kelishiga imkoniyat yaratiladi.
Umuman olganda, innovatsiyalar degan savol o‘rtaga qo‘yilganida ko‘p
sonli mutaxassislar uni yangilik bilan bir xil ekanligini qayd etishadi.
Innovatsiyalar bilan yangilik o‘rtasida sezilarli darajada farqlar mavjud.
Jumladan, innovatsiya degan maqomga ega bo‘lishi uchun, avvalo, yangi g‘oya
quyidagi talablarning ko‘p qismiga javob berishi shart, deb hisoblaymiz
144
:
−
vaqtning tejalishi;
−
xarajatlarning kamaytirilishi (resurslarni tejashi);
−
ekologik holatga salbiy ta’sir etmasligi.
2017-yilda e’lon qilingan Xalqaro innovatsion indeksning umumiy
reytingida O‘zbekiston qayd etilmagan bo‘lmasa-da, subko‘rsatkichlardan birida
ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, oliy ta’limda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ta’lim
oluvchi talabalarning ulushi bo‘yicha dastlabki beshta iqtisodiyotning ikkinchisi
sifatida qayd etib o‘tildi. Umuman olganda, 2017-yilda mazkur indeks oziq-ovqat
xavfsizligi nuqtainazaridan ishlab chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga qilingan xarajatlarga e’tibor
qaratsak eng ko‘p mablag‘ sarflash bo‘yicha Hindiston 3,857, Koreya Respublikasi
1,521, Xitoy 1,149, Niderlandiya 1,145 va Avstraliya 0,842 ming.
AQSh dollari
miqdorida mablag‘larni yo‘naltirmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining
Dostları ilə paylaş: