324
a) innovatsiyalarni yangiliklardan ajratib turuvchi
mezonlarning huquqiy-
me’yoriy asoslarini ishlab chiqish;
b) innovatsiyalarni moliyalashtirishda vaqt, resurs tejamkorligini inobatga
olish. Natijada, quyidagi tendentsiyalar yuzaga keladi:
−
ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar
yaratilishiga sharoit
yuzaga keladi;
−
ilmiy sig‘imkorlik mavjud/katta bo‘lgan tovar (ish, xizmat)larda
raqobatbardoshlik darajasi yuqori bo‘ladi va natijada yashirin monopoliyaga
erishiladi;
−
ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishida
tannarxning kamayib borishiga erishiladi;
−
inson
intellektidan
cheklanmagan
tarzda
foydalanish
sharoitida
“cheklangan resurslar bilan cheklanmagan ehtiyojlarni qondirish” masalasi
o‘zining ijobiy yechimini topadi;
−
ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan maxsulotlar yaratilishi orqali savdo
balansida ijobiy qoldiq yuzaga keladi.
Innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirish
uchun quyidagilarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq:
-
mamlakatimizda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash
maqsadida innovatsiya faoliyati infratuzilmasini tashkil etish;
-
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun soliq imtiyozlari
tizimini tashkil etish, ya’ni Soliq kodeksiga ITTKI
uchun xususiy xarajatlarni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlarini kiritish;
-
amaldagi qonunchilikka ko‘ra, innovatsion faoliyat subyektlariga yaratilgan
shart-sharoit va moliyalashtirish tizimini mamlakatning muayyan rivojlantirish
bosqichi darajasi, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish sur’atlari,
natijalari va
ularning iqtisodiy amaliyotga tatbiq etilish holatidan kelib chiqib, davriy ravishda
takomillashtirib borish;
325
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning innovatsion faolligini oshirish, xususan,
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya,
diversifikatsiya qilish, texnik-texnologik yangilash lozim.
Innovatsion
faoliyatning
huquqiy
asoslarini
shakllantirish
va
takomillashtirish quyidagilarni nazarda tutib amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
-
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat to‘g‘risida qonun ishlab chiqish;
-
milliy innovatsion tizimning tuzilishi va amal qilishi bo‘yicha
davlat
innovatsion siyosatini ishlab chiqish;
-
oliy ta’lim muassasalarining o‘z ixtirolaridan foyda olish huquqini
ta’minlash;
-
innovatsion rivojlanish, texnologik va iqtisodiy muhit uchun tizimli qonunlar
ketma-ketligini ishlab chiqish;
-
intellektual
mulk
natijalaridan
foydalanish
va
uning
himoyasi
mexanizmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash;
-
yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun soliq, bojxona,
tarif, narx va amortizatsion siyosatni amalga oshirish bilan bog‘iq huquqiy
asoslarni ta’minlash;
–
xususiy investitsiyalar, davlat va xususiy investorlarni qo‘shma innovatsion
loyihalarga jalb qilish muhitini shakllantirish uchun huquqiy-nomativ bazani ishlab
chiqish.
Dostları ilə paylaş: