345
16-BOB. DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDA IJTIMOIY SUG‘URTA VA
IJTIMOIY TA’MINOT
16.1. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni, davlat moliyasi tizimidagi o‘rni va
ahamiyati
Ijtimoiy sug‘urta – fuqarolarning qarilik,
kasallik, onalik, mehnat
qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik
kabi holatlarda moddiy ta’minot olishning moliyaviy asosini yaratish bilan bogliq
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urta
munosabatlari orqali jamiyat miqyosida turli ijtimoiy iste’mol fondlari shakllanadi
va belgilangan tartibda ishlatiladi. Ijtmoiy sug‘urta ajratmalari hisobidan
shakllanadigan pul jamg‘armalari fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanish
shakllari va usullarining moliyaviy asosini yaratishga xizmat qiladi. Bizning
mamlakatimizda ijtimoiy sug‘urta ajratmalari sifatida yuridik shaxslardan
undiriladigan yagona ijtimoiy soliq (yoki byudjet tashkilotlari
tomonidan ular
xarajatlarining II-guruhi bo‘yicha rejalashtiriladigan va ajratiladigan ijtimoiy
ehtiyojlarga ajratmalar) o‘rnatilgan nisbatlarda taqsimlanib, byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba
uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sug‘urta byudjetini shakllantirishga
yo‘naltiriladi. Shuningdek, ishlovchi xodimlar ham o‘z
ish haqlaridan ijtimoiy
sug‘urta badallarini Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali, Kasaba uyushmalariga
sug‘urta badali shaklida muayyan to‘lovlarni to‘laydilar. Ijtimoiy sug‘urtaning
bunday namoyon bo‘lishi uning majburiylik xususiyatini ko‘rsatadi va davlat
tomonidan tartibga solinadi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari (yagona ijtimoiy soliq
ko‘rinishida) soliqlarga tenglashtirilgan bo‘lib, bu o‘tkazmalarning amalga
oshirilishi soliq organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati, zarurligi va ahamiyati, kishilik taraqqiyotida
uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, mehnatkashlarni turli xavf-xatarlardan himoya
qilishdagi ahamiyati, ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq
munosabatlarning
346
xususiyatlari turli adabiyotlarda, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda, ilmiy maqolalar
va tezislarda yetarlicha yoritilgan, bu mavzuda qator ilmiy ishlar olib borilgan.
“Families and social security” nomli maqolada muallif quyidagilarni tadqiq
qilgan: “agar ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot bilan davlat tuzilmalari
shug‘ullanmasa, bu sohani to‘lig‘icha xususiy sektorning vakolatlariga topshirib
qo‘yilsa, ko‘pchilik oilalarning, jumladan, yolg‘iz va keksa oilalar,
nikohdan
ajrashganlar va shu kabi aholi guruhlarining ahvoli nochorlashadi. Agar
ishchilarning ijtimoiy sug‘urtasi kafolatlab qo‘yilmasa, kapitalning jamg‘arilishi 40
foizga, ish kuchining taklifi 30 foizga, yalpi samaradorlik xatto 36 foizgacha
pasayib ketishi mumkin. G‘arb davlatlari ijtimoiy hayotida oilalarning ajralib
ketishi, to‘liqsiz oilalarning, yolg‘iz fuqarolarning ko‘payishi ularni davlat
tomonidan ijtimoiy sug‘urta qilinishi va ularga nisbatan ijtimoiy ta’minot
dasturlarini ishlab chiqishni talab etadi. Shularni hisobga olgan holda, kelgusida
ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot
qisqarishi emas, aksincha, rivojlanishi va
mustahkamlanishi kerak”
165
.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot asosan
“Medicare” va “Medicaid” dasturlari orqali aholiga yetkaziladi. Medicare dasturi
AQShda 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarni tibbiy sug‘urtalash milliy
tizimi hisoblanadi. Dastur fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bir
qismini qoplashga xizmat qiladi. “Medicare”
dasturi ish beruvchilar va
ishlovchilarning daromadi va ish haqisidan olinadigan soliqlarning bir qismi,
shuningdek, Ijtimoiy ta’minot fondlaridan har oylik badallar hisobidan
moliyalashtiriladi
166
.
“Medicaid” – AQSHda nochor fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishning
davlat dasturi hisoblanadi. Bu dastur bo‘yicha rasmiy kambag‘allik chegarasidan
past daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. U shtatlar
darajasida federal hukumatning yordamida amalga oshiriladi. Ushbu dastur 1960-
165
Hans Fehr,Manuel Kallweit
,
Fabian Kindermann. Families and social security. European Economic Review.
January 2017, Pages 30-56.www.sciencedirect.com
166
Social Security Administration “Medicare
”
// SSA Publication. — № 05-10043-RU.
347
yilda Kerr Milss (Kerr - Mills Act) qonuniga ko‘ra qabul qilingan va 1965-yildan
beri amal qiladi
167
.
“AQShda ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar asosan Medicare va Medicaid
milliy dasturlarining moliyaviy ta’minotiga safabar etiladi. Bu milliy dasturlar
tomonidan tibbiy xizmatlar haqini to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar
mamlakat
bo‘yicha jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasiga xarajatlarning oshib ketishiga olib
keladi”
168
. Umuman olganda, AQSh sog‘liqni saqlash tizimiga eng ko‘p mablag‘
safarbar etadigan davlat hisoblanadi, bu xarajatlar mamlakat yalpi ichki
mahsulotining qariyb 17 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida davlat ijtimoiy sug‘urtasi
bo‘yicha barcha xodimlar davlat yo‘li bilan ijtimoiy sug‘urta qilinishlari belgilab
qo‘yilgan
169
. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek sug‘urta
qilingan xodimlarning o‘zlari sug‘urta badallarini to‘laydilar. Shu bilan birga, ish
beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganliklari sug‘urta
qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish
huquqidan mahrum qilmaydi.Sug‘urta
qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa,
ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan (16.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: