351
qobiliyatini tiklash bo‘yicha xizmatlari, sog‘lomlashtirish-profilaktika tadbirlari-
ning o‘tkazilishi kabi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Ijtimoiy
sug‘urta
to‘lovlari,
badallari
va
ajratmalari
pensiya
ta’minotiningmoddiy asosini tashkil qiladi. Insoniyat tarixida keksalik tufayli
mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy himoyalashning turli vositalari
qo‘llanib kelingan. Masalan,Qadimgi Rimda, Yuliy Sezar tomonidan harbiy
pensiyalar joriy etilgan. Xususiy sektorda band bo‘lganlarning yoshiga ko‘ra davlat
tomonidan tashkil etilgan birinchi pensiya tizimi 1889-yilda Germaniyada amalga
kiritilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy sug‘urta majburiy bo‘lib,
badallar kiritishga asoslangan. Bu tizimda pensiya olish huquqi ilgari to‘langan
badallarga asoslanar edi. Daniyada 1891-yilda va Yangi Zelandiyada – 1898-yilda
kambag‘allarga maqsadli yordam ko‘rsatishi lozim bo‘lgan
pensiya tizimi joriy
etilgan. U umumiy soliq daromadlari hisobidan moliyalashtirilar, muhtojlik dara-
jasini baholashni nazarda tutar va to‘lovlarning minimal darajasini kafolatlar edi.
XX asrda rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimlari xususiyatlari bir-biriga
yaqinlashib bordi. Pensiya tizimi sug‘urta badallari to‘lashga asoslangan
mamlakatlarda (masalan, Germaniyada) ilgari to‘langan badallarga bog‘liq
bo‘lmagan pensiya eng kam miqdorining kafolatlari belgilandi. Pensiya tizimi
umumiy daromadlar hisobidan shakllanadigan byudjetlar hisobidan mablag‘ bilan
ta’minlanadigan teng pensiyalarga qarab mo‘ljal oluvchi mamlakatlarda
muhtojlikni nazorat qilishdan voz kechildi. Buyuk Britaniyada eng kam pensiya
miqdoriga qo‘shimcha ravishda majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etildi.
Shimoliy Amerikada qarilik bo‘yicha davlat pensiya tizimi nisbatan kech
vujudga keldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida muhtojlik mezoniga asoslangan
pensiya tizimlari XX asrning 20-yillarida joriy etila boshlandi. 1935-yil AQShda
pensiya sug‘urtasi federal tizimi joriy etildi.
O‘rta asrlardagi O‘zbekiston tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ijtimoiy
ta’minot faqat xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilganligi ayon bo‘ladi.
O‘zbek
xalqining mentaliteti, axloq-odobi, urf-odatlari hamda qadimiy an’analari
fuqarolarning imkoniyat darajasida, ijtimoiy himoyaga olinishini bildiradi.
352
Turkiston o‘lkasi XIX asrning 60-yillaridan boshlab, Chor Rossiyasi
mustamlakasiga aylantirilgan va tegishli ravishda boshqarilgan. Mahalliy aholining
ijtimoiy ta’minoti masalasi haqida hech qanday farmonlar qabul qilinmagan. Chor
hokimiyati davrida 1882-1909-yillarda Sirdaryo viloyati bo‘yicha 14 kishiga,
Farg‘ona viloyati bo‘yicha 9 kishiga, Samarqand viloyati bo‘yicha 2 kishiga
pensiya tayinlangan bo‘lib, bular ham xonning qarindoshlari, yuzboshi va
imperatorning homiylari edi
172
.
Sobiq Ittifoq davrida pensiya ta’minoti bo‘yicha
bir qator ishlar amalga
oshirilgan. 1918-yil 31-oktyabrda “Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Nizom qabul
qilingan. “Davlat pensiyalari to‘g‘risida”gi birinchi Qonun 1956-yilda qabul
qilingan. Bu Qonunga asosan pensiyalarning barcha turlari yagona qonunga
asoslanib tayinlangan. 1964-yilda “Kolxoz a’zolariga pensiya va nafaqalar
tayinlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan kolxozchilarning
markazlashtirilgan ijtimoiy sug‘urta fondi tashkil qilingan va kolxoz a’zolari shu
fond hisobidan pensiya bilan ta’minlana boshlangan. 1989-yil 1-avgustda
“Aholining pensiya ta’minoti va ijtimoiy xizmatning kechiktirib bo‘lmaydigan
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va shu
davrdan boshlab shahar va
qishloq o‘rtasidagi tafovutga barham berilib, ishchi-xizmatchi va kolxozchilarga
bir xilda pensiyalar tayinlana boshlandi.
Mamlakat iqtisodiyotiga bozor munosabatlarining joriy etilishi pensiya
ta’minotini qayta ko‘rib chiqishni va isloh qilishni taqozo qildi. Shuning uchun
1991-yildan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun kuchga
kiritildi. Qonun
asosida islohotlar boshlanib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, ijtimoiy
pensiyalar, daromadlar indeksatsiyasi kabi yangi mexanizmlar amal qila boshladi.
Bu Qonun mustaqil respublikamizning qonuni – “Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil, 3-sentyabr) qabul qilinib, kuchga
kirgunga qadar amalda bo‘ldi
173
.
172
Xaitov A.A., Ziyadullayev M. O‘zbekistonda pensiya ta’minoti va xorij tajribasi. –T.: “Adolat”. 2009. 25-b.
173
Sh.Allayarov, D.Toshmuxamedova. Davlat pensiya ta’minoti. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2015.
35-36-b.