354
moddiy va moliyaviy ne’matliklarni ijtimoiy iste’mol fondlari orqali taqsimlash
usuli tashkil etgan.
Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta’minot
jamiyatning barcha
a’zolariga emas, faqat alohida qatlamlariga – davlat tomonidan muhofaza qilinishi
lozim bo‘lgan guruhlariga qaratilishi kerakligini e’tirof etganlar. Aholining bunday
guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turli
toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, sovet hukumati davrida ijtimoiy ta’minot
bilan avval yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, keyinroq kolxoz a’zolari,
bolalar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar qamrab olingan.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini o‘rgangan olimlarning izlanishlarini o‘rga-
nish shundan dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta’minot faqat ayrim aholi qatlam-
lariga qaratilishi kerak, deb da’vo
qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta’minot barcha
aholiga qaratilgan bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydilar va bepul ta’lim hamda bepul
tibbiy xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy ta’minot tizimiga kiritadilar.
Shuningdek, bir qator olimlar ijtimoiy ta’minot faqat davlat byudjetidan
moliyalashtirilishi zarurligini ta’kidlasalar, boshqalari ijtimoiy ta’minotning
ko‘pkanalli moliyalash manbalari shakllanganligi va ijtimoiy ta’minot
masalalari
bilan shug‘ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e’tirof etadilar.
Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning “Moliya” nomli darsliklarida
berilgan ta’rifga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning fikricha, “iqtisodiy kategoriya
sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ...
fuqarolarni
moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi
hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan
foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi.
Mana shunday keng ko‘lamda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manba-
lari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan
holda jamiyatning barcha
a’zolarini tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi”
175
. Mualliflar
ijtimoiy ta’minotning mazmuni borasida iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud
emasligini haqli ravishda e’tirof etadilar.
175
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: “NOSHIR”, 2011. 449-bet.