Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

16.3-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari
178
 

barcha turdagi pensiyalar; 

ijtimoiy nafaqalar; 

turli kompensatsion to‘lovlar; 

fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari

fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar; 

uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va 
xizmat ko‘rsatish; 

nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari 
bilan ta’minlash; 

bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va 
 
178
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. B.185. 
barcha turdagi pensiyalar, ijtimoiy 
nafaqalar, turli kompensatsion 
to’lovlar 
fuqarolarning alohida toifalariga 
tibbiy yordam va davolash 
xizmatlari 
fuqarolarning alohida toifalariga 
imtiyozlar 
uy-internatlarda keksa va mehnatga 
layoqatsiz fuqarolarga qarash va 
xizmat ko’rsatish 
nogironlarni ortopediya-protez 
buyumlar va harakatlanish vositalari 
bilan ta’minlash 
bolalar uylari, internatlar va boshqa 
muassasalarda bolalarga qarash va 
ularni tarbiyalash 
nogironlarni ishlab chiqarish va 
kasbiy reabilitatsiya qilish 
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari 
ko’rsatish 
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-
darmonlar bilan ta’minlash 
uyda ijtimoiy xizmat ko’rsatish va 
boshqalar 
Ijtimoiy ta’minot xizmatlari


358 
ularni tarbiyalash; 

nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish; 

aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish; 

imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash; 

uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. 
Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va 
nogironlik pensiyalari, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn 
marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar 
uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy 
byudjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari 
ko‘rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini yoritishga bag‘ishlangan fikrlarimizni 
nihoyasiga yetkazib shuni ta’kidlaymizki, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’min-
lash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini yengillash-
tirishga qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta’minot tarkibiga 
kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari qato-
rida davlat byudjeti va boshqa davlat mablag‘laridan moliyalashtiriladi. 
Ijtimoiy ta’minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida 
namoyon bo‘ladi.Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta’minotning quyi-
dagi funksiyalarni bajarishi ko‘rsatilgan: 
iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy-
reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta’minotningiqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning qiyin hayotiy holat-
larda moddiy qo‘llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab 
olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi va 
ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy ta’minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli ijtimoiy qatlamlari 
ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot 


359 
kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy 
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan. 
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‘sishini rag‘bat-
lantirish, sog‘lom avlodni yetishtirish, fuqarolarning umr ko‘rish davomiyligini 
oshirish kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta’minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi 
keksa va mehnat 
qobiliyati bo‘lmagan fuqarolarning o‘ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish 
bilan bog‘liq bo‘lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‘lig‘ini muhofaza 
qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Amalda bu funksiya-
ning namoyon bo‘lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash, 
boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, 
uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘rish mumkin. 
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta’minot yana bir, bizning nazarimizda juda 
muhim funksiya – 
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‘z 
fuqarolariga ijtimoiy ta’minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‘z oldiga 
ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‘ta muhim vazifani qo‘yadi, zero qiyin hayotiy 
holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy 
vaziyat bilan bog‘liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy 
ta’minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin